Bajardi: elamonov islom dunyoqarash, uning ijtimoiy-tarixiy mohiyati va tiplari



Download 242,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.11.2022
Hajmi242,99 Kb.
#866059
1   2   3   4
Bog'liq
Falsafa

Dunyoqarash ijtimoiy
-
tarixiy mohiyatga ega.
Insoniyat tarixida davr 
shart-sharoitlari, amaliy faoliyat hamda olam haqidagi bilimlarning 
kengayib borishi bilan bog‘liq ravishda ijtimoiy dunyoqarashning 
oddiydan murakkabga yo‘nalgan mifologik, diniy va falsafiy tiplari 
yuzaga kelgan.

Mifologik dunyoqarash
miflar (asotirlar, naqllar, irvoyatlar) negiziga 
qurilgan bo‘lib, insoniyat evolyutsiyasining ilk bosqichlari uchun xosdir. 
Ilmiy bilish imkoniyatlari bo‘lmagan qadimgi dunyo sharoitida borliq 
xayoliy-fantastik usulda idrok etilgan, izohlangan va baholangan. 
Ajdodlarimiz tabiat va jamiyatning o‘zlari oxirigacha anglab etmagan 
hodisa va jarayonlarini afsonaviy qahramonlar, ma’budlar, 
g‘ayritabiiy kuchlar obrazida gavdalantirganlar. Shu yo‘l bilan 
dunyoga o‘z munosabatlarini ifodalaganlar va tasavvurlarini 
shakllantirganlar. 
Mifologik dunyoqarash uchun notirik tabiatni jonlantirib tasvirlash 
xos.
Shu asosda hosil qilingan obrazlar xuddi odam singari hayot 
kechiradilar, o‘zaro munosabatlarga kirishadilar, ezgu yoki yovuz ishlar 
bilan mashg‘l bo‘ladilar. Hissiy-emotsional, poetik metaforalar 
negiziga qurilgan afsona va rivoyatlar zamirida real mazmun 
mujassamlashgan. Narsa-xodisalar insoniy sifatlar va xususiyatlardan 
kelib chiqib baholanadi hamda tushuniladi. Masalan, qadimgi yunon 
afsonalari va rivoyatlarida dunyoning barpo bo‘lishi, to‘zilishi, tabiat va 
jamiyatda yu‘z berayogan jarayonlar; narsa va hodisalarning o‘zaro 
bog‘liqligi, insonning kelib chiqishi, hayotning ma’nosi kabi teran 
muammolar aks etgan. 
Markaziy Osiyo xalqlarining uzoq o‘tmishdan meros bo‘lib 
kelayotgan afsona va rivoyatlarida ham ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi 
murosasiz ziddiyat g‘oyat jozibali ifodalanadi. Masalan, “Avesto”da 
yaxshilik timsoli Ahuramazda bilan yovuzlik ilohi Ahriman o‘rtasidagi 
kurash pirovardida ezgulik, yorug‘likning zulmat ustidan g‘laba 
qozonishi haqida xulosa chiqarilgan. 
Miflarda tabiat hodisalari bilan bir qatorda ijtimoiy hayot 
muammolari ham ko‘tarilgan. Ilohlar yaxshi va yomonga, aqlli va 
farosatsizga, urushqoq va tinchlikparvarga, sahovatli va xasisga 
bo‘lingan. Ular, xuddi insonlardek, turmush qurganlar, farzand 
ko‘rganlar, o‘zaro janjallashganlar, xullas, mifologik obrazlarning 
hayot faoliyati va o‘zaro munosabatlari odamlarga o‘z hayotlarini 
anglash va bilishga imkon bergan. Sug‘orma dehqonchilik hayotiy 
muhim bo‘lgan qadimgi Markaziy Osiyoda suv ilohiy ne’mat 
hisoblangan. Massagetlar daryolarni muqaddas bilganlar. Qadimgi 


yunon tarixchisi Gerodotning shohidlik berishicha, saklar Quyoshni eng 
ulug‘ xudo bilib, unga uchqur otlarda etish mumkin, deb 
xisoblaganlar. Malika Tumaris o‘z qavmlari oldida ont ichgan 
paytlarida buni “Quyosh nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, ...” 
degan so‘zlar bilan boshlangan. 
Mintaqamizda miloddan oldingi 1-ming yillikda tarqalgan 
zardushtiylik e’tiqodida olov bilan bir qatorda tuproq muqaddas 
hisoblangan, uni xarom qilmaslik uchun xatto murdani erga ko‘mish 
ta’qiqlangan. II-V asrlarda hozirgi Farg‘ona vodiysi o‘rnida vujudga 
kelgan Dovon mamlakatida ajdodlarimiz olov, quyosh, ot, muqaddas 
ajdodlar ruhi, ayol kabi ko‘plab ilohlarga sig‘inganlar. Shunday qilib, 
mifologik xudolar aslida hayot va faoliyatda muhim o‘rin tutuvchi 
narsa va hodisalardan iborat bo‘lgan. 
Mifologik dunyoqarashda ijtimoiy adolat va ahloq g‘oyalari etakchi 
o‘rin tutgan. Masalan, yunon asotirlaridan birida naql qilinishicha, 
borliq xukmdori bo‘lmish Uran (Samo) xudosi hamda uning rafiqasi 
Geya (Er) xudosidan ulkan kuchu-qudrat timsoli bo‘lmish titanlar 
dunyoga kelgan. Ulardan xukmronlikka moyil Kron o‘z otasini o‘ldirib, 
taxtni egallaydi. Vasvasa domiga tushgan Kron o‘z tug‘ishgan
singlisini, rafiqasi Reyani, farzandlari Xestiya, Xera, Demedra, Aida, 
Poseydon, Okean, Tefisiyalarni ham birin ketin nobud qiladi. Faqat 
Zevs tasodif tufayli omon qoladi va keyincha Kronni taxtdan ag‘darib, 
yaqinlari uchun qasos oladi, adodatni tiklaydi. Xulosa qilib aytganda, 
mifologik dunyoqarashda qadimgi dunyo kishilarining tabiat, jamiat, 
inson haqidagi sodda bilim va tasavvurlari, ahloqiy va sotsiologik 
qarashlari mujassamlashgandir. 
Dunyoqarashning navbatdagi, birmuncha murakkabroq ijtimoiy 
tarixiy shakli 

Download 242,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish