Jamg‘armaning huquqlari - O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarda turli ko‘rgazmalar, tanlovlar, konferensiyalar, boshqa ilmiy va ta’lim tadbirlarini tashkil etish;
- Jamg‘arma faoliyatiga vazirliklar, idoralar, ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar xodimlari va mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
- respublika hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan xalqaro ta’lim va ilmiy tashkilotlar, turli nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda ta’sischisi va hammuassisi bo‘lish;
- shartnoma asosida turli ilmiy va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish.
- Fond qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
Jamg‘arma o‘z vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |