12-chizma. Savdo tashkilotlarida tovar aylanishi hajmi va tarkibini rejalashtirishning alohida bosqichlari ketma-ketligi.
a) Tovar aylanishining iste’mol bozorining berilgan segmenti va uning konyunktura o‘zgarishlari imkoniyatlarini maksimal ravishda hisobga olgan holda ma’lum ko‘rsatkichlarga erishishi. Bunday maqsadli yondashish iste’mol bozorining iste’molchilar talabi to‘liq qondi-rilmagan segmentlari uchun harakterli bo‘lib, odatda bunday segmentlarda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar rejali davrda o‘z faoliyatining na assortimentli, na regional diversifikatsiyasini hisobga olgan bo‘ladi. Tovar aylanishi yuksalishining tabiiy cheklanishlari bu holda iste’mol bozoridagi berilgan segmentda xaridorlar talabi va raqobat muhiti bo‘lib hisoblanadi.
b) Tashkilotning mavjud resurs potensialini maksimal darajada samarali ishlatilishini ta’miilaydigan tovar aylanishi ko‘rsatkichlariga erishish. Bunday maqsadda yondashish oldin o‘z faoliyati uchun istiqbolsiz segmentlarni tanlagan va ulardagi konyunkturaning salbiy o‘zgarishlari sababli tovar sotilish hajmi, bundan esa savdo maydonlari, personal va boshqa resurslardan foydalanish samaradorligi birdaniga pasaygan korxonalar uchun harakterlidir. Bunday tashkilotlar tovar aylanmasini yuksaltirilishini ta’min etish rejali davrda ular faoliyatini assortimentli diversifikatsiyalash sharoitidagina mumkindir (tijorat faoliyatini hududiy diversifikatsiyalash cheklangan, chunki ularning (tashkilotlarning ) bir qism resurslari - savdo nuqtalari, personal va shu kabilar berilgan hududga «bog‘lanib qolgan») Tovar aylanishini, bu holda cheklovchi omil bo‘lib mavjud resurs potensialining hajmi tushuniladi.
v) Kelishilgan yoki kutilayotgan, tashkilot rivojining (rejali davrda) strategik maqsadlarini asoslaydigan foydaning hajmini, ya’pi summasini shakllanishi ta’minlaydigan tovar aylanishi ko‘rsatkichlariga erishish. Bunday maqsadning qo‘yilishi savdo korxonalari hayotiy siklining boshlang‘ich yoki oraliq bosqichlaridagi holati uchui harakterlidir. Bunday maqsadni amalga oshirilishi tovar aylanishini rejalashtirish davrida (jarayonida) na assortimentli, na hududiy diversifikatsiya bilan cheklangan bo‘ladi.
Tovar aylanishini rivojlantirilishining yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlari o‘zaro nozik aloqada bo‘lishiga va ularning kompleks majmuisiz amalga oshirilishi qiyin bo‘lishiga qaramay, ular orasida biror ustuvor maqsadni tanlash (aynan shu savdo korxonasiga mos keladiganini) rejali ko‘rsatkichlarni hisoblash uslublariga va bu ko‘rsatkichlarning miqdoriy qiymatlariga hal qiluvchi, asosiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
2. Reja oldi davrida tovarlar aylanishi hajmi va tuzilishini tahlili. Bunday tahlilni o‘tkazish vazifasi va uning ko‘lami darajasi rejalashtirilgan davrda savdo korxonasining tovar aylanishi yuksalishi uchun belgilangan ustuvor maqsadga muvofiq kelishi lozim. Shunga bog‘liq tarzda tahlil jarayonida reja oldi davrdagi tovar aylanishi yuksalishini tavsiflovchi umumiy ko‘rsatkichlar va shu yuksalishning u yoki bu belgilangan ustuvor maqsadi (rejalashtirilgan davr uchun) bilan bevosita bog‘lik bo‘lgan xususiy ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqiladi.
Tovar aylanishining alohida ko‘rsatkichlari dinamikasini o‘rganishda, reja oldi davrda, narxlarning qiyosiy darajalari mavjud bo‘lishi kerak. Nashr etilayotgan birinchi tahlil qilinadigan davrga nisbatan olingan inflyatsiya indekslari ham aynan shu maqsadlarda qo‘llaniladi.
Tovarlarning umuman sotilishining keyingi ko‘rsatkichlari quyidagi formula orqali taqqoslama holga keltiriladi:
Бу ерда:
St - qiyosiy narxlarda tovar aylanishi hajmi;
Sf - haqiqiy narxlarda tovar aylanishi hajmi;
1i - birinchi tahlil davriga nisbatan inflyatsiya indeksi.
Tahlilning umumiy ko‘rsatkichlari tizimida tovarlar sotilishining o‘sishi (reja oldi davrda)da quyidagilar katta ahamiyatga ega:
a) tovarlar aylanishi dinamikasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Ushbu dinamika ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkichlarning o‘zgarish templari bilan ifodalanib, o‘rta geometrik qiymat formulasi bo‘yicha hisoblanadi:
Bu yerda:
Tu - qaralayotgan vaqt oralig‘ida (yil yoki kvartal) tovarlar aylanishining o‘rtacha o‘zgarish darajasi (%);
Sp - qarab chiqilayotgan vaqt oralig‘ining oxirgi davrida (oxirgi kvartal yoki oylar) qiyosiy narxlardagi tovar aylanishi hajmi (so‘mda);
S^ - qaralayotgan vaqt oralig‘ining boshlang‘ich davrida (birinchi oy, kvartal)gi tovar aylanishi;
p - qaralayotgan vaqt oralig‘idagi davrlar soni.
b) tovarlar aylanishining bir tekisligini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar. Bu ko‘rsatkichlar tarkibida o‘rtacha kvadratik chetlanish va variatsiya koeffitsiyenti (notekisligi) ham ko‘rib chiqilib, ular quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.
Bu yerda:
S - o‘rtacha kvadratik chetlanish (tovarlar tebranuvchanligi diapazonini aniqlaydi);
Ri - qaralayotgan vaqt oralig‘ining har bir aniq davridagi tovarlar aylanish hajmi;
R - ko‘rilayotgan vaqt oralig‘idagi bir davrda tovarlar aylanishining o‘rtacha hajmi;
p - ko‘rilayotgan vaqt oralig‘idagi davrlar soni;
V - variatsiya koeffitsiyenti (alohida davrlarda tovarlar aylanishining notekisligini ifodalaydi), %da ifodalanadi.
v) tovarlar aylanish tarkibini ifodalovchi ko‘rsatkichlar -tarkibiy tahlil jarayonida alohida realizatsiya formalari yoki alohida tovar guruhlarining tovar aylanishining umumiy hajmidagi ulushi hisoblanadi.
g) alohida omillarning tovar aylanishi hajmi o‘zgarishlariga ta’sirini ifodalovchi ko‘rsatkichlar — bunday tahlil alohida ko‘rsatkichlarning o‘zgarish indekslarini oldindan hisoblash asosidagi zanjirli almashtirishlar usuli bilan olib boriladi. Masalan, mshiat resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan omillarning realizatsiya hajminiig o‘zgarishiga ta’sirini quyidagacha ifodalash mumkin:
Iр = Iпр Х Iму,
Bu yerda:
Tr - tovarlar aylanishi hajmining o‘zgarish indeksi;
1pr - personalning o‘rtacha ro‘yxati miqdorining o‘zgarish indeksi (personal sonining);
1mu - personal mehnat unumdorligining o‘zgarishi (bir ishchiga to‘g‘ri keladigan tovar aylanishining o‘zgarishi).
Xususiy analitik ko‘rsatkichlar tizimi tovar aylanishi yuksalishining tanlab olingan ustuvor maqsadlari majmuasidan kelib chiqib mustaqil ravishda shakllanadi. Bu tizim rejalashtirish ko‘rsatkichlariga mos keluvchi hisoblarning boshlang‘ich bazasini to‘ldirishga mo‘ljallangai.
O‘tkazilgan tahlil natijalari rejalashtirilgan davrdagi tovar aylanish darajasini o‘sishining zahiralarini aniqlashga asos bo‘lib hizmat qiladi.
1.1. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mintaqaviy xususiyatlari.
Respublikamiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va ishlab chimqarishni divirsifikatsiyalash jarayonlarida qishloq xujaligi tarmog‘ining ahamiyati katta. Chunki, qishloq xo‘jaligining asosiy vazifasi ishlab chiqarishni barqaror O‘stirish, axolini oziq-ovqat maxsulotlariga, sanoatni xom ashyoga bo‘lgan extiyojini
to‘la -to‘kis qondirishdan iborat. Bunga yerishish uchun soxaga taaluqli mavjud barcha imkoniyatlardan to‘liq fsydalanish maqsadga muvoqiqdir, biroq tadqiqotlar kursatadiki, qishloq xujaligi tarmog‘ida mexnatni tashkil yetish va ishlab chiqarishni yulga quyish iqtisodiyotining boshqa tarmoqlaridan tubdan farq qiladi.
Mazkur farqlar tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, tarmoqda ishlab chiqarishning nafaqat inson faoliyatiga balki tabiat xodisalariga ham bog‘liqligi, ishlab chiqarishning mavsumiy harakterga egaligi, tarmoqga sarflanadigan xarajatlarning uch yil davomida amalga oshirilishi va daromadning fqat yilda bir marta olinishi asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yerning tabiiy resurs ekanligi kabi xususiyatlar qishloq xo‘jiligiga mos jihatlaridir. Tahlillar ko‘rsatadiki, tarmoning yana bir xususiyati yerning joylashgan o‘rniga ko‘ra respublikamizning turli mintaqalarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning turli mintaqaligidadir. Zero, janubiy mintaqa joylashgan Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos mintaqaviy xususiyatlari respublikamizning boshqa viloyatlarida ko‘rsatilmaydi va ularni tadqiq etish shu kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblandi.
Chunki, viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish va aholi turmush darajasini oshirishda qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishining ahmiyati katta. Bugungi kunda viloyat aholisining 60 foizdan ko‘prog‘i qishloq joylarida istiqomat qilmoqda va ularning asosiy daromad manbai aynan shu tartmoq hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Masalan, viloyatning birgina kitob tumanida 2010 yil 1 yanvar holatiga jami 7549 ta xo‘jalik yurituvchi subektlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 86,2 foizi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu holat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘lmish yerning cheklangan tabiiy resurs ekanligini inobatga olgan holda mehnatni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi, hamda mehnatni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishni taqazo etadi.
Tadqiqotlarimiz ko‘rsatadiki, viloyat qishloq xo‘jaligi taraqqiyotida mehnatni tashkil etishning bir necha shakllaridan foydalanilgan. Misol uchun rejali iqtisodiyotda mehnatni tashkil etishning kalxoz va sovxoz shakllaridan keng foydalanilgan bo‘lib, ularda asosiy ustuvorlik iqtisodiy samaradorlik nuqtai-nazaridan yondashuvlarga emas, balki ijtimoiy-siyosiy omillarga qaratilgan. Xususan aholi bandligining yuqori darajasini ta’minlashga intilish sohada ortiqcha mehnat rusurslarini to‘planishiga olib kelgan. Natijada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band bo‘lgan aholi qatlamining ham ta’minlanganlik darajasi oshib borgan va bu holat mulkiy munosabatlarning, xususan yerlardan foydalanishdagi xo‘jasizlik holatlarini keltirib chiqarishi oqibatida bevosita yerlarning unumdorlik darajasini pasayishiga, sho‘rlanish darajasining oshishiga, hosildorlikningtushib ketishiga sabab bo‘lgan. Shu sababli mustaqillik yillarida viloyat qishloq xujaligining rivojlanishida tub burilishlar qilindi.
Xususan axolining oziq ovqat – bilan uzliksiz taminlashda va qishloq xujaligining rivojlantirishda barqarorlikka erishish uchun mehnatni tashkil etishning fermer va dehqon xo‘jaliklaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumki, fermer xo‘jalik avvalo yerga egalik qilish, yerdan foydalanishning zamonaviy usuli bo‘lib, qishloq xo‘jaligija ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning yangicha amaliy shakli hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligidagi mehnatni tashkil etishning bu shakli natijasida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishilmoqda. Masalan, birgina 2010 yil yakuniga ko‘ra viloyatda 7168 ta fermer xo‘jaligi tashkil etilgan bo‘lib, ularga jami 772,099 ming gektar yer maydoni ajratib berilgan. Fermer xo‘jaliklarining 5305 tasi paxtachilik va g‘allachilikka, 428 tasi chorvachilikka, 1393 tasi bog‘ va sabzavotchilikka ixtisoslashgan. Qashqadaryo viloyati respublika iqtisodiyotida nafaqat gaz va neft mahsulotlari ishlab chiqarish balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha ham o‘z salohiyati va o‘rniga ega. 2010 yil yakunlariga ko‘ria viloyatda jami 424,0 ming tonna paxta 830,0 ming tonna g‘alla yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar respublikada yetishtirilgan paxtaning 12,3 foizini, g‘allaning 11,4 foizini tashkil etadi. Biroq tahlillar ko‘rsatadiki viloyat qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkonitlarini aniqlash va amaliyotga tadbiq etish davr talabi. Bunda avvalo soxada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini tadbiq etish dolzarb masala hisoblani.
1.2. Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘llari.
XX-asrning 90 yillarida kelib aholi turmush darajasini oshirish vazifasi bevosita qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarishning bozor tamoyillariga mos keladigan tashkiliy turilmasini shakllantirish masalalarini dolzarbligini kun tarkibiga qo‘ydi. Kolg‘oz va salxoz kabi jamoa xo‘jaliklari o‘rniga tashkil etilgan shirkat xo‘jaliklarining aksariyati o‘z izdoshlarining bozor munosabatlariga zid ananalarini davom etiradi va natijada yerdan samarasiz foydalanish tendiyetsiyasi saqlanib qoladi. Anashunda shirkatlarning istiqbolsiz turilma ekanligi yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Bu ularning qarzdorligi va sarf-xarajatlarining oshishi bilan ifodalanadi. Shu kabi jiddiy sabablar yoyerdan yangicha usulda, yangi turilmalar asosida foydalanish zaruratini tug‘diradi. Tashkil etadigan yangi tuzilmalar asosida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni ko‘paytirishda, dexqonchilikdan ko‘riladigan manfaatlikni xarajatlarni kamaytirish va xosildorlikni oshirish hisobiga yuksaltirish hamda asosan qishloqlar aholisi uchun barqaror daromad manbini shakllantirishga erish lozim edi. Bunda qishloq xo‘jalik maxsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning mustaqilligini kengaytstirish hamda ularning ishonchli huquqiy muxofazasini ta’minlash uchun xo‘jalikda mulkchilik shakllarini o‘zgartirish va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish eng muhim ustuvor masala qilib belgilanadi.
Anashunday vaziyatda yerlarni uzoq muddatli ijaraga kerish, kutilgan natijalarga olib kelish nazariy jihatdan isbotlandi va shu uslub amalga qo‘llanib, dehqon va fermer xo‘jaliklari yuzasiga keladi.
Ma’lumki qishloq xo‘jaligida dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etilishi qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik va xususiy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali aholi turmush darajasini oshirish omili bo‘lib xizmat qiladi. Mehnatni tashkil etishning mazkur shakllari asosida viloyatda aholining iqtisodiy hamda ijtimoiy jihatdan samarali bandligini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Dehqon xo‘jaliglarining o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishning qonuniy jihatdan mumkin emasligi va iqtisodiy samarasizligi qishloqlarda yuraka kelayotgan ortiqcha ishchi kuchini iqtisodiy nuqtai nazardan bandligini ta’minlash imkonini beradi. Mehnat tashkil etishning dehqon va fermer xo‘jaliklari shakli ishlab chiqarishini boshqarish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqishni obyektiv zaruratga aylantirdi. Natijada qishloq xo‘jaligining zamonaviylashtirish dehqon va fermer xo‘jaliklariga bozor tamoyillari va mehanizmlari asoisda xizmat ko‘rsatishi infaturilma shakllanmoqda.
Viloyat qishloq xo‘jaligida mehnatni dehqon va fermer xo‘jaligi shakllarida tashkil etilishi aholi turmush darajasini oshirishga ijobiy ta’ir ko‘rsatmoqda. Xususan mulk, mablag‘, texnika xususiy mulkka aylanadi va tarmoqdagi ortiqcha ishchi kuchi, ya’ni bog‘imanda ishchi, bekor yurib maosh oluvchilar mutloqo yoqoldi. Dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘zlari mustaqil ish tashkil etmoqdalar va mulkdor sifatida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda agrotexnik tadbirlari o‘z vaqtida sifatli amlga oshirish ustida ish olib bormoqdalar. Shu nuqtai nazardan ham tadqiqotlarimiz natijasida respublikamiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni shartli ravishda uch bosqichga ajratish va quyidagicha tizimlashtirish mumkin (1.2.1-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |