Bajardi: Begaliyev Elbek Qabul qildi: Toshkent-2021 Reja



Download 73,81 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2022
Hajmi73,81 Kb.
#353992
  1   2   3
Bog'liq
MS-28


O’zbekiston respublikasi Oliy va

O’rta ta’lim

Vazirligi

Toshkent Moliya Instituti Sirtqi bo’limi

­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­________________fanidan




MUSTAQIL ISH


Mavzu: Xususiy kapital hisobi

Guruh: 85-guruh

Bajardi: Begaliyev Elbek

Qabul qildi:________________

Toshkent-2021

Reja:
  1. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot mazmuni va ahamiyati

2. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari va ularning mazmuni


Korxonalar o’z faoliyatlarini uzluksiz davom ettirishlari uchun mehnat vositalari, predmetlari va ishchi kuchlariga ega bo’lishi lozim. Ular bilan ta’minlash uchun korxonada mablag’lar mavjud bo’lishi zarur. Ushbu mablag’lar bilan ta’minlash manbai o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.

O’z mablag’lari manbai keng qamrovli tushuncha bo’lib, u bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan iboratdir:

1. Ustav kapitali.

2. Rezerv kapitali.

3. Qo’shilgan capital.

4. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar).

5. Maqsadli tushum va fondler.

6. Kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar.

O’z mablag’lar manbaining asosini, xususiy kapital tashkil etadi. Хususiy kapital ham kapital ham o’z navbatida bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan tashkil topgan bo’lib, uning shakllanishishi ushbu omillar asosida belgilanadi, ya’ni:

ustav kapitali;

rezerv kapitali;

qo’shilgan kapital;

taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 14-moddasida «Хususiy kapital-ustav kapitali, qo’shilgan va rezerv kapitalidan hamda taqsimlanilmagan foydadan tarkib topadi» deb ko’rsatilgan. O’z mablag’lar manbai tarkibiga kiruvchi ayrim ko’rsatkichlar (maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari) mohiyatiga ko’ra xususiy kapital ko’rsatkichlari bilan bir xildir. Shu sababli, xususiy kapital hisobi ular bilan birga olib boriladi va ularni mablag’larining manbai sifatida qarashi inkor qilinmaydi.

Хususiy kapitalning shakllanishi–xo’jalik jarayonini yuritish maqsadida jalb qilingan xususiy mablag’lar, uning faoliyati davomida erishilgan sof foydasi xamda inflyasiya ta’sirida yuzaga lelgan tafovut summalari natijasida jamlangan mablag’lari asosida tartibga solinadi. Shuningdek, bu mablag’lar manbai aksariyat hollarda xo’jalik faoliyatining dastlabki bosqichlaridan yuzaga keladi.

N.Тo’xliyev va A. O’lmasov–«Kapital–(nem.-asosiy mulk, lot –eng muhim, asosiy, bosh) o’z egasiga daromad keltiruvchi mablag’ va vosita; Yangi qiymat keltiriradigan, ya’ni o’zini-o’zi ko’paytiruvchi qiymat deb izohlaydi. 8

Shu nuqtai nazardan i.f.n. prof. A.Sotivoldiyevning ta’kidlashicha;-«Aksionerlik jamiyati deb, jismoniy va yuridik shaxslarning ustav kapitalida tutgan ulushi, taqsimlangan aksiyalar qismiga yoki o’z mulkiy hissasiga ko’ra javob beruvchi uyushmalar yig’indisiga aytiladi».9 Хuddi shunday ta’rifni mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan ham bildirdi.

Хususan Erik Хelfert:-«Kapital–fond, korxonaga aksionerlik mulki sifatida (ustav fondi) yoki boshqa uzoq muddatli moliyalashtirish asosida tashkil etilgan mablag’lar» 10deb aytiladi. Ushbu ta’rifda «Ustav fondi» jumlasining kiritilganligi kapital mazmunan aksionerlik va ustav fondini aks ettirishini bildiradi. Shu bilan birgalikda, rivojlangan mamlakatlar amaliyotida aksionerlik kapitali degan atamaga ta’rif berishda «Ustav fond», «Ustav kapital», jumlalarini ham keltiradilar. Bu bilan ularning bir-biriga shaklan va mazmunan mosligini yana bir bor tasdiqlab, uning farqi mulk egaligida deb qaraladi.

E.Хelfertning fikricha:-«Aksionerlik kapital, ustav kapital, ustav fond - oddiy va imtiyozli aksiyalarning sotilishidan kelgan pul tushumining balansda aks etgan miqdori hamda hamkor shaxs va firmaning mulkdagi ulushidan iborat»11dir. Ushbu ta’rif prof. A.S. Sotivoldiyev tomonidan berilgan ta’rif bilan mazmunan bir xildir».

«Хususiy kapital to’g’risida»gi hisobot sir saqlanmaydi va shunga ko’ra ta’sischilarni jalb qilish maqsadida korxona turli xil axborot vositalari orqali ommaga xususiy kapitalini oshkor etadi.

Bu hisobot shakli yig’ma tarzda ham tuzilishi mumkun, chunki ayrim korxona va tashkilotlar shuba korxonalarga ega bo’lib, ular bosh tashkilot sifatida ularning ma’lumotlariga ham asoslanadilar.

Хo’jalikning xususiy kapitallari uning moliyaviy salohiyatining asosiy qismi bo’lib, u ustav, qo’shilgan va rezerv kapitallarini va taqsimlanmagan foydani o’z ichiga oladi.

№21 BHMAga muvofiq grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar ham korxonaning xususiy kapitaliga taalluqli bo’lib, moliya-xo’jalik faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.

Bozor munosabatlari xususiy mablag’lar harakati, ya’ni manbalar bo’yicha o’sish, ularning yil boshiga va yil oxiriga qoldig’ining har bir turi bo’yicha ishonarli, to’la iqtisodiy axborotni tezkorlik bilan olish hamda foydalanishni talab etadi.

Хususiy kapital ko’rsatkichlari korxona faoliyati bilan bevosita qiziqtiruvchilar tomonidan tartibga solinib nazorat qilinsa, o’z mablag’lar manbaining qolgan tarkibiy qismlarida tashqi su’yektlarning (bilvosita qiziquvchilarning) ishtiroki nazarda tutiladi.

Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotning asosiy ko’rsatkichlaridan biri ustav kapital hisoblanadi va uning qiymati korxonaning ustavida belgilanadi.




Download 73,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish