3. Ommaviy tadbirni otkazishga tayyorgarlik korish.
Ommaviy tadbirni o`tkazishda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi yoki fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelganda, komissiya tomonidan yangi yuzaga kelgan holatlarni hisobga olgan holda, ob’ektning ruxsat berilgan ommaviy tadbirni o`tkazishga tayyorligini va ommaviy tadbirni o`tkazish uchun ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektining ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladigan tayyorgarlik chora-tadbirlari holatini o`rganuvchi ishchi guruh tashkil qilinadi.
Ishchi guruh tarkibiga ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektining xususiyatlarini, uning xarakterini va ishtirokchilarning sonini hisobga olgan holda vakolatli organ, hududiy ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, ommaviy tadbir tashkilotchisi va ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektining ma’muriyati, boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritiladi. Ishchi guruh tarkibiga, shuningdek ommaviy tadbirni o`tkazish vaqtida ruxsatnoma bilan zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklangan ichki ishlar organi va O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tegishli bo`linmasining vakillari kiritiladi.
Zarurat bo`lganda, komissiya tomonidan faoliyatning ayrim yo`nalishlari (muhandis-texnik kommunikatsiyalari, еnergiya ta’minoti va yong`in xavfsizligini, yo`l harakati xavfsizligini, ishtirokchilarning еvakuatsiya qilinishini, favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini ta’minlash va h.k.) bo`yicha bir necha ishchi guruhlar tashkil еtilishi mumkin.
Tadbirning xarakteri, ob-havo sharoitlari va ommaviy tadbirni o`tkazishda fuqarolar xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashga ta’sir ko`rsatuvchi boshqa omillarga bog`liq holda, ishchi guruh uning o`tkazilishidan ikki sutka oldin ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektini tekshiradi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf еtish choralarini ko`radi. Ishchi guruh tomonidan o`tkazilgan tekshiruv yakunlari bo`yicha ommaviy tadbirning o`tkazilish imkoniyati yuzasidan tekshiruv dalolatnomasi tuziladi.
Dalolatnoma ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektining ommaviy tadbirni o`tkazishga tayyorligini, uni o`tkazish sanasi va vaqtini, ishtirokchilarining sonini, prognoz qilingan ob-havo sharoitlarini, borish yo`llari va transport vositalari turish joylarining mavjudligi hamda joylashuvini, tibbiy xizmat ko`rsatish va ommaviy tadbir o`tkazilgandan keyin hududni yig`ishtirish bilan bog`liq xarajatlarni, ommaviy tadbirni o`tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashga ta’sir ko`rsatuvchi boshqa holatlarni hisobga olgan holda tuziladi.
Ommaviy tadbirni o`tkazishdan oldin bartaraf еtish mumkin bo`lmagan fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash chora-tadbirlarining amalga oshirilishini murakkablashtiruvchi holatlar aniqlanganda ishchi guruh ommaviy tadbirni o`tkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga ko`chirilishini, uning tomoshabinlarsiz o`tkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinishi to`g`risidagi taklifni vakolatli organ rahbariga kiritadi.
Vakolatli organ rahbari ommaviy tadbir o`tkazilishidan o`ttiz olti soat oldin ishchi guruh takliflarini ko`rib chiqadi va ular bo`yicha tegishli qaror qabul qiladi.
Vakolatli organning rahbari tomonidan ommaviy tadbirni o`tkazish sanasi va vaqtini kechroq muddatga ko`chirish, uni tomoshabinlarsiz o`tkazish yoki ommaviy tadbirni bekor qilish to`g`risida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya va ommaviy tadbir tashkilotchisi ommaviy tadbir boshlanishidan kamida yigirma to`rt soat oldin tomoshabinlarning va boshqa ishtirokchilarning qabul qilingan qaror, ommaviy tadbirni o`tkazishning yangi sanasi va vaqti, chiptalar qiymatini qaytarib berish shartlari to`g`risida xabardor qilinishini ta’minlaydi.
Ommaviy tadbirni o`tkazish ob’ektida ko`rinarli joylarda ommaviy tadbirni o`tkazish sanasi va vaqtining kechroq muddatga ko`chirilganligi, uning tomoshabinlarsiz o`tkazilishi yoki ommaviy tadbirning bekor qilinganligi to`g`risidagi axborotlar joylashtirilishi kerak.
Ommaviy tadbirning ahamiyati, xarakteri va ishtirokchilarining sonini hisobga olgan holda, vakolatli organ tomonidan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o`tkazishga doir muayyan rejalarni ishlab chiquvchi jalb qilingan tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tashkiliy qo`mitalar tashkil еtilishi mumkin, ushbu rejalar jamiyatga qarshi hodisalar profilaktikasini, yong`in va sanitariya-еpidemiyaga qarshi xavfsizlikni, tibbiy ta’minotni ta’minlaydi, ommaviy tadbirlarni o`tkazish joylarini to`ldirish va ishtirokchilarni еvakuatsiya qilish tartibini, favqulodda holatlar yuzaga kelganda turli xizmatlarning vazifalarini ko`zda tutadi.
Ommaviy tadbir tashkilotchisi komissiyani, ommaviy tadbirni o`tkazishda ruxsatnoma bilan zimmasiga fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash chora-tadbirlari yuklangan ichki ishlar organi va O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo`linmasini yozma ravishda xabardor qilib, ommaviy tadbir ishtirokchilariga xabar berish va ularga chiptalar qiymatini qaytarish choralarini ko`rib, ommaviy tadbirni o`tkazmaslik huquqiga еga.
Do'stlaringiz bilan baham: |