Toshkent farmasevtika instituti Umumiy va Noorganik kimyo kafedrasi Mavzu: Kolloid eritmalarning optik xossalari. Ultramikroskopiya va Elektron mikroskopiya. Kolloid zarrachaning shakli, o’lchami va massasini o’lchash
Toshkent farmasevtika instituti Umumiy va Noorganik kimyo kafedrasi Mavzu:Kolloid eritmalarning optik xossalari.Ultramikroskopiya va Elektron mikroskopiya . Kolloid zarrachaning shakli, o’lchami va massasini o’lchash. Bajardi: AKBAROV ADHAM rejA: 1.KOLLOID SISTEMALARNING OPTIK XOSSALARI HAQIDA TUSHUNCHA 2.ULTRA MIKROSKOPIYA VA ELEKTRON MIKROSKOPIYA 3.KOLLOID ZARRACHANING SHAKLI O’LCHAMI VA MASSASINI O’LCHASH. .KOLLOID SISTEMALARNING OPTIK XOSSALARI HAQIDA TUSHUNCHA
Kolloid sistemalarning optik xossalari kolloid zarrachalarning xossalariga
bog’liq. Shuning uchun kolloid sistemalarning optik xossalarini o’rganishda,
ulardagi zarrachalarning o’lchamini, shaklini va tuzilishini bilish kerak.
Dispers sistemaga yorug’lik nuri tushganda, shu sistemada quyidagi
hodisalar kuzatiladi:
a) yorug’lik nuri sistemadan o’tadi;
b) dispers fazaning zarrachalari yorug’lik nurini sindiradi;
c) dispers fazaning zarrachalari yorug’lik nurini qaytaradi; d) dispers sistemaga tushgan yorug’lik nuri yoyiladi;
e) dispers faza zarrachalari yorug’lik nurini yutadi, ya’ni adsorblaydi va
yorug’lik energiyasi issiqlik energiyaga aylanadi.
Yorug’likning colloid sistemalarda tarqalishi, colloid eritmalarning rangi,
Yorug’likning colloid sistemalarda tarqalishi, colloid eritmalarning rangi,
yorug’likning kolloidlarga yutilishi, qutblangan yorug’lik tekisligining burilishi
(aylanishi) hamda ul’tramikroskopik rentgenografik xossalari kolloidlarning optik
xossalari qatoriga kiradi. Yorug’lik nurining sistemadan o’tishi rangsiz
sistemalarga xos. Chin eritmalarga, gazlarga, shisha va kristallarga. Yorug’likni
qaytarish va sindirish mikrogeterogen sistemalarda kuzatiladi. Kolloid dispers va
dag’al dispers sistemalar yorug’lik nuri bilan yoritilganda, dispers faza zarrachalari
tushayotgan yorug’lik nurni yoyib yuboradi.
Agar jismga tushayotgan nurning to’lqin uzunligi jism zarrachalarining
Agar jismga tushayotgan nurning to’lqin uzunligi jism zarrachalarining
o’lchamlariga qaraganda ancha kichik bo’lsa, yorug’lik jismdan qaytadi. Kolloid
sistemalar yorug’lik nurlarni tarqatadilar.
Dispers sistemadan intensiv yorug’lik nuri o’tkazib, sistemaga yorug’lik nuri
yo’nalishiga nisbatan biror burchak bilan qaraganida sistema ichida yorug’ konusni
ko’ramiz. Bu hodisani avval M.Faradey (1857), so’ngra Tindal’ tekshirgan (1869).
Shuning uchun bu hodisa Faradey-Tindal’ effekti deb ataladi.
Faradey-Tindal’ effektini ko’rish uchun to’rt qirrali shisha idishga
(kyuvetaga) dispers sistema solinadi-da qora parda oldiga quyilib proyeksion fonar
bilan yoritiladi
ULTRA MIKROSKOPIYA VA ELEKYTON MIKROSKOPIYA
Ultramikroskop (ultra... va mikroskop) — oddiy mikroskop yordamida koʻrib boʻlmaydigan mayda zarralarni koʻrishga xizmat qiladigan optik asbob. U. koʻriladigan obʼyekt (zarralar)ni yoritish usuli bilan oddiy mikroskopdan farq qiladi. Oddiy mikroskoplarda qoʻllaniladigan obʼyektni yoritib kuzatish usuli oʻrniga, bunda qorongʻilashtirilgan maydon usulidan foydalaniladi. U.da obʼyektni yoritish uchun kuchli yorugʻlik manbai va juda katta yorugʻlik kuchiga ega boʻlgan optik tizimlar qoʻllaniladi. Bu usulda tekshirilayotgan obʼyekt (zarralar) nur bevosita kuzatuvchining koʻziga tushmaydigan qilib, yon tomondan juda kuchli yoritiladi. Har bir yoritilgan zarra kuzatuvchiga qorongʻi maydonda oʻzidan yorugʻlik sochib turuvchi yorugʻ nuqta boʻlib koʻrinadi. Turli xildagi U. yordamida turli dispers sistemalarpat zarralarning konsentratsiyasi va harakati aniklanadi.q.). U. yordamida 2YU’9 m gacha kattalikdagi zarralarni oʻrganish mumkin. Dastlabki U. 1903 yilda avstriya olimlari G.Zidentopf (1872—1940) va R. Zigmondi (1865—1929) tomonidan yaratilgan.
Ul’tramikroskop yordamida ma’lum hajmdagi zarrachalarning soni hisoblab topiladi, lekin zarrachaning shakl va o’lchamlarini bevosita aniqlab bo’lmaydi. Ul’tramikroskopda manbadan tushayotgan nur bilan ko’rinadigan nur bir-biriga perpendikulyar bo’ladi. Manbadan chiqqan nur mikroskopda tushmaydi, shuning uchun biz bu mikroskopda qorong’ilikni ko’ramiz. Agar manbadan chiqqan nur kolloid zarrachaga tushsa, kolloid zarracha bu nurni yoyadi, zarrachaning o’zi esa yorug’lik manbai bo’lib xizmat qiladi. Ul’tramikroskopdan foydalanib, zarrachaning o’lchamini hisoblab topsa bo’ladi. Bunda 1litr hajmda dispers faza miqdorini bilib, tekshirilayotgan sistemada zarrachalarning og’irligini bilish mumkin, ya’ni: m=nvd (2) bunda: m-barcha zarrachalarning og’irligi, n-soni aniq zarrachalar, v-bitta zarrachaning hajmi, d-dispers faza zichligi.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |