Quyi Misr podsholigi davrida Misr inqiroz jarayoniniboshidan kechirdi. Yagona Misr avval ikkiga, so'ngra mayda nomlarga (davlatchalarga) bo'linib ketadi. Misr avval Numibiya, Ossuriya, Eron ta'siriga tushib qoladi va nihoyat, mil.avv. 332 yili Aleksandr Makedonskiy tomonidan egallanadi. Shu bilan Misrning qadimgi davri tugaydi.Qadimgi Misr madaniyatiga kelsak, u hozirgi qadar ham yashab kelmoqda. Bu madaniyat jahon madaniyati rivojiga ham katta hissa qo'shdi. Shuning uchun ham Yunon faylasufi Aflotun Misr madaniyatini «Jami sivilizatsiyalarning onasi»1 deb bejiz aytmagan.Mesopatamiyadagi katta yutuqlardan biri bu yozuvning ixtiro qilinishi edi. Ilk yozuv mil. 2avv. IV ming yillikda Janubiy Mesopatamiyada kashf qilingan. Bu fanda ieroglif deb nomlangan. Masalan, qush so'zi qushning tasviri bilan, suv so'zi uch qator to'lqinsimon chiziq bilan ifoda etilgan. Ammo suratli yozuv bilan hamma so'zlarni ham ifoda qilib bo'lmagan. Uning cheklanganligi sababli bu yozuv takomillashtirib borilib, mixxat yozuvi kashf qilingan.Qadimdan Mesopatamiya mirzolari adabiy, tarixiy asarlarni sopol, teri, loy lavhalarga yozib, o'ziga xos kitoblar yaratganlar va kutubxonalarni tashkil qilganlar.
Shumerda badiiy adabiyot rivoji yuqori darajaga ko'tarilgan. Noyob asarlar jumlasiga «Dehqonchilik alьmanaxi», «Gilьgamesh haqida doston» bo'lib, unda Gilьgamesh va Enkidularning do'stligi, qahramonliklari va sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.Qadimgi davrning eng cho'qqiga chiqqan vaqti podsho Xammurapi (1750-1732 yy) hukmronlik qilgan yillarga to'g'ri keladi. Xammurapi yirik davlat tuzib, bu davlatni o'zi tuzgan qonunlar asosida boshqargan. Xammurapi to'plami mixxat yozuvida bazalьt tosh ustuni sathida bitilgan. qonunlar to'plami 282 moddadan iborat bo'lib, u kirish, qonunlar va xulosadan iborat. Kirish qismida qonunlarni chiqarishdan asosiy maqsad mamlakatda adolat o'rnatishdan iborat, deb ko'rsatilgan. Unda podsho ulug'lanib, ko'klarga ko'tarilgan. qonunlarda xususiy mulk himoya qilingan. Jumladan: agar kimki ibodatxonaning yoki podshoning mulkini o'g'irlasa, u o'ldirilishi lozim; o'g'irlik molni olgan kishi ham o'ldirilishi kerak… Xammurapi qonunlari o'z davrining muhim tarixiy, yuridik hujjati hisoblanadi. Balandligi 2 m. bazalьt ustunida Xammurapining tik turgan holida kursida o'tirgan quyosh va adolat xudosi Xamash qo'lidan hokimiyat belgisi - tayoqni olayotgan holati tasvirlangan. Bu jihatdan u tasviriy monumentalь asar hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |