Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Jahon sivilizatsiyalari tarixini o'rganish orqali dunyo hamjamiyati bilan yaqindan aloqa bog'lash, hamkorlik qilishda boshqa xalqlarning urf – odat, an`analarini bilishga va ma'naviy – madaniy rivojlanish darajasini o'rganish orqali munosabatlarni umuminsoniy manfaatlar asosida o'rnatishga xizmat qiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, turli sivilizatsiyaga mansub kishilar jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlarda, xalqlarning shakllanishida o'ziga xos urf-odat, an'analarga ega bo'lib, ular yuz yillar davomida shakllanadi. Bu tushunchalar siyosiy tartiblar, mafkuralarga qaraganda bardoshli bo'ladi. Shuning uchun jahon sivilizatsiyalari tarixi bilan yaqindan tanishish dunyo sivilizatsiyalari, ularning umuminsoniy asoslari, taraqqiyot darajasi va yutuqlaridan chuqur bilim va ko'nikmalar hosil qilish, kishilarni vatanparvarlik, umuminsoniy g'oyalarga sadoqat ruhida madaniyatli qilib tarbiyalashda yordam beradi deb hisoblaymiz.
Mavzuning o’rganilish darajasi.
Odam paydo bo‘lgandan hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanish qonuniyati bilan chambarchas bog‘langan.2 Antropologiyaning fan bo‘lib rivojlanishida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar ijobiy rol o‘ynadi.
Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytgan-da, Antropologiya quyidagi uchta katta bo‘limdan iborat:
1) odam morfologiyasi;
2) antropogenez;
3)irqshunoslik (etnik Antropologiya) - Morfo-logiya odamning jismoniy tuzilishida-gi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o‘zgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irklarining kelib chiqish davri va sabablarini, ularning Yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechishga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Antropologiya o‘zining turlicha tekshirish usullariga (antro-pometriya, osteometriya, kraniometriya) va ko‘p xil asboblariga ega. Antropologiya biol. fanining faqat nazariy sohasi bo‘libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko‘p sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (mas, odamning jismo-niy o‘sishini o‘rganishda), shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.Turkiston o‘zining geografik o‘rniga ko‘ra uzoq o‘tmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qo‘shni xalqlarning ham ta-rixiy taqdirlarini belgilab berishda katta rol o‘ynagan. Bu o‘lka, xususan O‘zbekiston xalqlarini antropologik jihatdan o‘rganish 20-yillarda rivoj-landi. Bu ishda O‘rta Osiyo davlat universiteti antropologiya kafedrasi asoschisi va do-imiy rahbari L. V. Oshaninning xizmati katta bo‘ldi. Uning rahbarligida Turki-ston bo‘ylab 29 antropologik ekspedi-siyalar uyushtirildi. L. V. Oshanin va uning shogirdlari (V. Ya. Zezenkova, Q. N. Najimov)ning saʼy-harakatlari natija-sida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sir-daryo oralig‘ida yashovchi o‘zbeklar va to-jiklar yer yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri – yevropeoid irqining „O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi“ga mansub deb topildi. Moskvalik antropolog Antropologiya I.Yarxo bu irqni „Pomir-Farg‘ona tipi“ deb atadi. Farg‘ona vodiysidagi Selungur va Surxondaryodagi Teshiktosh g‘orlaridan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli O‘zbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, 565hoz. zamon odamlarining paydo bo‘lishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan. O‘zbek xalqiga xos „O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi“ning shak-llanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yo‘q edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |