O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI, TARIX (MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR BO’YICHA) TA’LIM YO’NALISHI TARIXIY O`LKASHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI
Mavzu:Antropologiyaning asosiy tadqiqot ob’ektlari
Bajardi: 203- guruh talabasi JOVLIYEV MUZAFFAR Ilmiy rahbar: ____________________________
Mavzu: Antropologiyaning asosiy tadqiqot ob’ektlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Antropologiya haqida tushuncha
Umumiy antropologiya va antropologiya tadqiqot predmetini о‘rganishning о‘ziga xos jihatlari
O’zbekistonning qadimgi odam tarqalgan hudud ekanligi (Teshiktosh, Samarqand topilmalari). O’zbekiston hududida zamonaviy odamlarning paydo bo’lishi va voha bo’ylab tarqalishi
Antropologiya va etnologiya fanining tadqiqot ob’yektlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Biror-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Mana shunday ekan bugungi kunda o’z-o’zimizni anglab milliy qadriyatlarimiz o’z o’rnini topib mustaqilligimiz kun sayin mustahkamlanib borayotgan bir vaqtda ona yurtimizning har bir farzandi o’z Vatanini va tarixini sevish, o’ng asosiy burchimiz bo’lishi kerak. Shuning uchun ham o’tmish tarixiy va moddiy-madaniy yodgorliklarini o’rganish muhofaza qilishning rolini oshirish muammolarini hal qilishga hozirgi kunda katta e’tibor bermoqda.
Antropologiya – (antropo … va … logiya) – odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining pay-do bo‘lishi, odamning tana tuzilishida-gi normal farq-tafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir. 1A.ga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida faqat 19-asrning 2-yarmidan shakllana boshladi. Antropologiyaning muhim sohasi – odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga taʼsir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni o‘rganadigan bo‘limi – „Odam biologiyasi“ degan umumiy nom bilan 20-asr o‘rtalaridan boshlab rivojlandi. Odamning paydo bo‘lishida faqat ta-biat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan.