Poytaxt Gurganj dunyodagi go'zal shaharlardan biriga aylandi. Tekesh olib borgan tashqi va ichki siyosatning kuchli tomonlari bilan birgalikda zaif tomonlari ham mavjud ediki, bu holat kelgusida bu davlatning ichidan yemirilishida o'ziga xos sabablaridan biri bo'ldi. U ham bo'lsa, Tekeshning qipchoq urug'idan bo'lgan xotini-Turkon xotunning o'z himoyasidagi qipchoq harbiy aslzodalariga hadeb homiylik qilishi edi. Bu ayol davlat ishlarini o'z qo'liga olishga urinar, qipchoqlarni davlatning ichki ishlariga aralashishiga imkoniyat yaratib berardi. Qipchoqlarning saroyda yirik imtiyozliligi asl xorazmlik turkiy a'yonlarga yoqmasdi. Bu holatlar esa ichki kurashlar, ziddiyatlarni yanada kuchayib borishiga ham sabab bo'lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |