Xorazmshoh o’limi Kibru-havosi baland Xorazmshohga bu gap, ya'ni uni o'z farzandidek ko'rishi, degani umuman yoqmagan. Shoh tunda Mahmud Yalavoch bilan alohida suhbatlashib, Chingizxon, uning davlati, harbiy qudrati haqida talaygina savollar beradi. Uning vajohatidan qo'rqqan Mahmud unga bir qancha soxta ma'mlumotlar beradi. Xorazmshoh unga Chingizxon saroyida o'zining josusi bo'lishni ham taklif etadi. Yalavoch qo'rqqanidan unga ham rozi bo'ladi. Xorazmshoh Chingizxon bilan shartnoma tuzishga roziligini bildirib, ularga javob berib yuboradi. Mahmud Yalavoch barcha voqealar qatori shoh bilan alohida suhbatni ham, uning savol va takliflarini ham batafsil Chingizxonga yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |