Bu moment tinchlantirish koeffitsienti R ga va qo’zg’aluvchan qismning burchakli tezligi da/dt ga proporsionaldir. Tinchlantiruvchi moment ma’lum darajada asbobning muhim ekspluatatsion parametrlaridan biri – tinchlanish vaqtini belgilaydi. M = R(da/dt) Elektromexanik turidagi magnitoelektrik, elektromagnit va elektrodinamik o’lchash asboblari nisbatan keng tarqalgan bo’lib, quyida shu uchta tur asboblarining qisqacha tavsiflarini keltiramiz. Elektromexanik turdagi asboblar magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik, elektrostatik va induksion tizimli asoblarga bo’linadi. Bu tizimdagi asboblar nisbatan keng tarqalgan bo’lib, quyidagi jadvalda ularning tavsiflari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |