Yuqorida ta’kidlab o’tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turdigan indivudual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik muammoni xal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Xozirgi zamon jaxon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sotsial) omilning, voqelikning ta’siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muxim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeani egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan “ichki psixik” (“endopsixik” – yunoncha “endo” ichki degan ma’noni anglatadi) qismlarga ajratiladi, degan g’oyani ilgari suriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |