Bajardi: 103 guruh talabasi Ubaydyllayev Sarvar toshkent 2022



Download 24,72 Kb.
Sana08.07.2022
Hajmi24,72 Kb.
#757989
Bog'liq
Geografik kartalarning tiplari


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Mustaqil ish
MAVZU: Geografik kartalarning tiplari


Bajardi: 103 guruh talabasi Ubaydyllayev Sarvar

TOSHKENT 2022
Geografik kartalarning tiplari
Kartalarni tiplariga kora tasniflashda mavzuining kengligi (qamrovi), kartaga olinayotgan hodisalarni ilmiy tatqiq etish usullari, mazmunini umumlashtirish darajasi, kartografik axborotning ob‘yektivligi va amaliy jihatdan yonaltirilganligi asos qilib olinadi. Kartalar mavzuining kengligi boyicha umumiy va xususiy yoki sohaviy kartalarga bolinadi. Umumiy kartalarda nisbatan ancha keng mavzu tasvirlanadi. Masalan, umumiy iqlim kartasida asosiy meteorologik elementlar, xususan havo harorati, yoginsochin, shamol va bosim toliq tasvirlangan boladi yoki umumiy sanoat kartasida sanoatning barcha yetakchi tarmoqlari (sohalari) tasvirlangan boladi. Xususiy kartalarda esa, ancha tor mavzu tasvirlangan boladi. Masalan, xususiy iqlim kartasida yuqorida korsatilgan asosiy meteorologik elementlarning har biri alohida-alohida tasvirlanadi. ―Sohaviy karta‖ atamasi koproq ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tuzilgan kartalarga nisbatan qollaniladi. Masalan, sanoat, qishloq xojaligi, transport, xizmat korsatishning alohida soha (tarmoq)larini tavsiflovchi kartalar shular qatoriga kiritiladi. Mavzuning kengligi tushunchasi bo‘yicha kartalarni umumiy yoki xususiyga kiritish ma‘lum darajada nisbiy hisoblanadi. Dehqonchilik kartasi yoki alohida texnika ekinlari kartalari qishloq xojaligi kartasiga nisbatan sohaviy hisoblanadi. Kartalar ularda tasvirlanayotgan hodisalarni ilmiy tatqiq etish usuliga bogliq holda analitik va sintetik kartalarga bolinadi. Ana- 153 litik kartalar hodisalarning (jarayonlar) ayrim tomonlarini yoki xususiyatlarini, bu hodisalarning boshqa tomonlari yoki xususiyatlari bilan aloqalari ozaro bogliqligini hisobga olmagan holda alohida ajratib korsatadi. Havo harorati, shamollar, yog‗insochinlar yoki balandlik mintaqalari, yonbagrlarning qiyaligi, parchalanib ketganlik darajalari alohida bir butun kartalar hisoblanadi. Aksincha, sintetik kartalar kartaga olinayotgan hodisalar haqida toliq tasavvur beradi, ularda ushbu hodisalarning oziga xos komponentlari, xususiyatlari, ichki va tashqi aloqalari hisobga olinadi hamda ularni integral tavsiflari beriladi, lekin bularning har birini kartada alohida aniq va analitik tarzda korsatmaydi. Bunga landshaft kartalari, iqlim rayonlashtirish kartalari kiritiladi. Ularda qator korsatkichlarning majmui asosida (harorat, yogin-sochin, ularning bir yillik ozgarishi va boshqalar) iqlimiy jihatlari ajratiladi. Hodisalarning bir qancha xususiyatlarini birgalikda yoki bir qancha ozaro boglangan hodisalar va ularning har birini alohida ozining korsatkichida korsatadigan kompleks kartalar mavjud va ular kop sohaviy kartalar hisoblanadi. Masalan, sinoptik kartalar, topografik kartalar va boshqalar. Kartalar, ularni tuzishda foydalanilgan axborotning ob‘yektivligi va amaliy yo‗naltirilganligiga ko‗ra hujjatli kartalarga, muayyan bir fikrga kelish asosida tuzilgan xulosa kartalarga, shuningdek, gipotetik, tendentsioz, amaliy, baholash, tavsiyanoma va bashoratlash kartalari va boshqalarga bo‗linadi. Kartalarning funksional tiplari. Mavzuli kartalar o‗zaro bog‗langanligiga, dinamik xususiyatiga, funksional tipiga, bashoratlash va baholashlariga qarab bir necha tiplarga bo‗linadi. Kartalarning ba‘zi tiplari tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni vaqt bilan bog‗liq holda dinamikasi (o‗zgarishi) va elementlarining o‗zaro bog‗liqligini ko‗rsatish uchun mo‗ljallanadi. Ular quyidagilar: Dinamik kartalar. Unda voqea va hodisalarning harakati, rivojlanishi, o‗zgarishi yoki almashinishi tasvirlanadi. Bunday kartalarga shaharlarning o‗sishi, aholi migratsiyasi, suv sathi va boshqa hodisalar tasvirlanadigan kartalar kiradi. Dinamik kartalardagi o‗zgarishlar taqqoslash va tuzatish yo‗li bilan bog‗liq bo‗lgan ma‘lumotlar asosida aniqlanadi. 154 O‗zaro bog‗liqliklarni ko‗rsatuvchi kartalar. Unda voqea va hodisalar ikkita yoki undan ko‗p ma‘lumotning bog‗liqligi ko‗rsatib beriladi. Masalan, aholi, qishloq xo‗jaligi ekinlarini joylashtirishda asosiy ko‗rsatkich bo‗lib, aholining ishga yaroqliligi, tajribasi, suv bilan bog‗liqlik tomonlari hisobga olinadi. Baholash kartalari. Bu kartalar inventarizatsiya kartalari asosida tuziladi. Bunday kartalar amaliy ahamiyatga ega bo‗lib, bevosita amalda qo‗llaniladi va maxsus baholash ishlarida foydalaniladi. Tasvirlanayotgan voqea va hodisalar turli sohalar uchun baholanishi mumkin. Songgi paytlarda ekologik nuqtai nazardan hududlarning alohida-alohida baholash kartalari tuzilgan bo‗lib, baholash kartalaridan inson bilan atrof-muhit orasidagi munosabatlarni tasvirlashda keng foydlanilmoqda. Masalan, muhandislikgeografik, muhandislik-geologik, agroiqlim, tibbiy-geografik, ekologik-geografik va boshqalar. Baholash kartalari faqat bitta ko‗rsatkich asosida ham tuzilishi mumkin, masalan, relyefni sug‗orish uchun baholash, tuproqning shorlanish darajasini ball bonitetlari va kadastr guruhlari jihatidan baholash va boshqalar. Indikatsion kartalar — yaxshi organilgan voqea va hodisalar yordamida hali o‗rganilmagan yoki noma‘lum hodisalarni ochish va ularni oldindan aytib berish uchun tuziladigan kartalardir. Masalan, qazilma boyliklarni shu joyda osadigan osimliklar asosida aniqlash, Yer osti yoriqlarini, yer usti relyefining ba‘zi xususiyatlariga qarab aniqlash va hakozo. Bashorat qilish kartalari. Bunda hozirgi vaqtda ma‘lum va mavjud emas hamda bevosita organish imkoniyati bo‗lmagan voqea va hodisalarni tasvirlaydi. Bu kartalarda quyidagilar tasvirlanadi: — vaqt bo‗yicha bashorat qilish natijalari (ob-havo, besh, o‗n, o‗n besh yildan keyin atrof-muhit holati va boshqalar); — fazo boyicha bashorat qilish xulosalari (respublika hududlaridagi tabiiy yer osti konlarini bashorat qilish, boshqa sayyoralardagi voqealarni bashoratlash). Bashorat kartalarida faqat kelajakni bashoratlash bilan chegaralanib qolinmaydi, balki hozirgi paytda yaxshi o‗rganilmagan yoki hali noma‘lum bo‗lgan voqea va hodisalar ham ko‗rsatilishi mumkin. Bashorat qilish kartalarini bashoratlash ehtimolining 155 ishonchliligi bo‗yicha qismlarga ajratish muhim, unga ko‗ra kartalar quyidagi turlarga ajratiladi: — dastlabki bashoratlash kartalari — ularda hodisalarning barcha shart-sharoitini va bog‗liqliklarini o‗xshashligiga qarab, to‗liq va yetarli bo‗lmagan ma‘lumotlar asosida bashorat qilish va natijani kartada tasvirlash. Bunday kartalar asosan mayda masshtabda tuziladi; — ehtimoldan uzoq bo‗lmagan bashoratlash kartalari — ular ancha detallashgan tahlil asosida asosiy o‗zgarish tendensiyalarini hisobga olib, ishonchli o‗rnatilgan o‗xshashlik va bog‗liqlar asosida tuziladi, ular ko‗pincha o‗rta masshtabli kartalarni tashkil etadi; — g‗oyat ehtimolli bashoratlash kartalari — ular hodisalarning joylashishi, ko‗rsatkichlari, yaqinlashish va faollik ko‗rsatish vaqti yaqinlashganda barcha omillar e‘tiborga olinib tuziladi. Bu kartalar ancha detallashgan va yirik masshtabda tuziladi. — kelajakni chamalash kartalari — bu g‗oyat ehtimolli bashoratlash kartalarining eng yuqori holati bo‗lib, hodisaning kutilish vaqti aniq ma‘lumotlar asosida aniqlangan va oqibatda nima sodir bo‗lishi bashorat qilingan kartalardir. Tavsiya berish kartalari. Ular baholash va bashoratlash kartalarining mantiqiy davomi bo‗lib, o‗zida hududda biror bir aniq amaliy vazifani yechish uchun ko‗rsatma, tavsiya berish va muayyan bir tadbirni tasvirlaydigan kartalardir. Masalan, chol zonalaridagi yerlarning sho‗rini yuvish yoki hududlar namligini qochirib ishga yaroqli qilish tavsiyalari va boshqalar. Kartalar maqsadiga kora ham har xil tiplarga bolinadi. Ba‘zi paytlarda faqat bitta maqsad uchun foydalaniladi. Oquv kartalari faqat o‗quv ishlari uchun ishlatilib, geografiya va tarix fanlari dasturiga moslab tuziladi. Turli maqsadlar uchun juda ko‗p kartalar tuzilmoqda. Bunday kartalar koproq umumgeografik kartalar boladi, masalan, Dunyoning umumgeografik kartasi yoki Ozbekistonning tabiiy kartasi. Shu bilan birga maxsus mavzular uchun ham kartalar tuziladi, masalan, turizm, avtomobil yo‗llari, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun tuziladigan kartalar, sportchilar uchun esa, maxsus sport kartalarining tuzilishi shular jumlasiga kiritiladi.
Download 24,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish