Mavzu: CSS va JavaScript yordamida animatsiyalar yaratish
Bajardi: 102(19)-guruh talabasi Ma’ruf Mardanov
Sayt tayyorlash hozirgi vaqtda juda ko’pchilik o’rta va havaskor bosqichdagi dasturchilar uchun qiyin ish emas. Saytlarni tayyorlash uchun boshlang’ich bosqichda HTML/CSS/JS bilimlari kifoya qilsa, murakkabroq saytlarni tayyorlash uchun PHP va Framework/CMS bilimlari talab etiladi.
Xohlaymizmi, yo’qmi saytlarga nisbatan mobil ilova (app)lardan ko’proq foydalanilayapti va ular web saytlarga nisbatan ko’proq mashxurlikka erishmoqda. Shuning uchun saytlar tayyorlashga nisbatan mobil ilovalar tayyorlash narxi ancha yuqori.
Mobil ilovalar texnologiyasiga ko’ra ikkita gigant: Android va iOS asosida tayyorlanadi. Ularning har biriga dastur tayyorlashingiz uchun ma’lum yo’nalishdagi ko’nikma va bilimlarga ega bo’lish kerak. Faqat Android yoki faqat iOS uchun ilova yozuvchi dasturchilarga bo’lgan talab juda yuqori ekanligini ko’rgan kishi ham Android, ham iOS uchun dastur yoza oladigan dasturchining talabgirligini tasavvur qilib olishi mumkin.
Yaqinda Apache Cordova bilan tanishishimga to’g’ri kelib qoldi. Bu framework HTML/CSS/JS yordamida 8 ta (!!!) plastformada bir xil ishlay oladigan ilovalar yaratish imkoniyatini beradi. Faqatgina HTML/CSS va JavaScript ishlatgan holda to’liq dinamik web sayt tayyorlash ancha qiyin ish. Ammo HTML/CSS va JS kabi nisbatan oson o’rganiladigan ko’nikmalardan foydalangan holda mobil ilovalar tayyorlay olish web saytlar tayyorlashga nisbatan olib qaralganda imkonsizdek tuyuladi. Qolaversa, mobil qurilmalar uchun ilova tayyorlash web saytlar tayyorlashga nisbatan ancha qimmat va qadrli ko’nikma hisoblanadi.
O’zim tanigan dasturchilar Cordova haqida yaxshi fikr bildirishmadi. «O’z tilida yozilganga teng kelmaydi», deyishdi. Teng kelmasligi tabiiy. Ba’zilar Cordova bilan tayyorlangan mobil ilovalar «qotib ishlaydi», deyishdi. Ammo har qanday holatda ham Cordova asosida tayyorlangan mobil ilovalar huddi tizimning o’z tilida yozilgandek samaradorlik bilan ishlay olar ekan. Cordova bilan qanday dasturlar tayyorlanganligini framework rasmiy sahifasida ko’rishingiz mumkin.
Ushbu maqolani HTML/CSS va JS ko’nikmalariga ega bo’lgan yosh dasturchilar uchun shunchaki oddiy eslatma sifatida yozdim. Cordova bilan tanishib chiqing. Android va iOS uchun ilovalar yozish mumkin ekan. Tizimlarning o’z tillarida yozilgan ilovalarga nisbatan bir oz arzonroq yozilsa ham, har holda sodda ko’nikmalar asosida mobil ilova yasay olish imkoniyatini taqdim etar ekan.