Bajardi : Sammi pediatriya fakulteti 314-guruh talabasi Ismoilova Umeda Tekshirdi


O'tkir (oddiy) bronxit tasnifi va klinikasi



Download 0,54 Mb.
bet6/28
Sana31.12.2021
Hajmi0,54 Mb.
#272449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Bolalarda Bronxit kasalligi

2.5 O'tkir (oddiy) bronxit tasnifi va klinikasi.


Birlamchi bronxitda patologik jarayon bronxlar devorlarida boshlanadi va shu bilan
cheklanadi.
Ikkilamchi bronxit boshqa a'zolar va tizim (respirator yo'llarni boshqa bir
kasalliklari) kasallikning ko'rinishi, yoki asoratidir.
O'tkir bronxitni asosiy belgisi yo'tal bo'lib,kasallik boshlanishida quruq
bo'ladi.Traxeobronxitda yo'tal ko'krak qafasida bosim yoki og'riq hissi bilan
kechadi.Kasallanishning ikkinchi xaftasida yo'tal yumshoq balg'am ajraluvchan
bo'ladi.


Bronxitlar tasnifi.

Erta yoshdagi bolalarda RS infektsiyali,katta yoshdagi bolalarda mikoplazma


infektsiyalarda yo'tal va boshqa belgilar 2 xaftadan ko'pga saqlanadi. Yutal traxeitdan
so'ng boshqa belgilarsiz 4-6 xafta saqlanishi mumkin.
O'pka tomondanperkutor o'zgarishlar bo'lmaydi. Auskultatsiya qilganda oddiy
bronxitda dag'al nafas va yo'talganda miqdori o'zgaruvchi diffuz katta va o'rta
pufakli nam xirillashlar eshitiladi. Chuqurroq bronxitlarda, zotiljamdan farqli,
tarqalgan mayda pufakli xirillashlar eshitiladi. Bronxit ko'pincha ikki tomonlama,
auskultativ o'zgarishlar simmetrik bo'ladi. Auskultativ ma'lumotlarni assimetrik
bo'lishi zotiljamga nisbatan extiyotkorlikni talab etadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda bronxitlar bir tomonlama bo'lib , mayda bronxlarga tarqalganligi (mayda
pufakli xirillash, bronx maydonida mayda elementli o'pka suratini kuchayishi)
ko'pincha mikoplazmali infektsiya bilan bog'likdir.
Bronxitda gematologik siljishlar doimiy emas, virusli va mikoplazmali
infektsiyalarda leykotsitlar soni me'yorda, yoki pasayadi, EChT oshadi, ba'zan
kisman neytrofillyoz va uncha katta bo'lmagan chapga siljishlik kuzatiladi.
Bronxitda rentgen o'zgarishlar - yumshoq soyali suratni kuchayganligi,
ko'pincha ildiz oldi va pastki medial maydonlarda kuzatiladi. (1 rasm)
O'tkir bronxit davomiyligi asosan 2 xaftadan oshmaydi, biroq ba'zi hollarda
umumiy holatni o'zgarishisiz kataral belgilar va quruq yo'tal uzoq turadi.
Og'irlashtiruvchi omillar bo'lmasligida (immun tanqislik, aspiratsion sindrom
va x.k) yoki superinfektsiyada o'tkir bronxit kamdan-kam bakterial zotiljamga
asoratlanadi.
Oddiy bronxitni tashxisoti qiyin emas, biroq uni maxsus tekshirishlarsiz virus
turlarini aniqlash qiyin. Zotiljam bilan kiesiy tashxislash zarur. Jaraenni diffuzligi,
fizikal ma'lumotlarni ikki tomonda bir xilligi, lokal simptomlarni bulmasligi
bronxitdan dalolat beradi.Fizikal ma'lumotlarni yaqqol asimmetrik bo'lgan
bemorlarda,ayniqsa zotiljam tarqalgan bronxit fonida kechsa, zaharlanish belgilari
turg'un febrilitet bilan kelgan xollarda ko'krak qafasini rentgenografiya qilish zarur.
Uzoq kechgan (2 xaftadan ko'p) bronxitda bronxlarda yot modda tiqilishi yoki
mukovistsidoz xaqida o'ylash kerak. Bir tomonlama bronxitda, yoki chegaralangan
belgilarini uzoq saqlanganida (bu ko'proq zotiljam kechirgan bolalarda kuzatilib)
cho'zilgan metapnevmonik plevrit xaqida o'ylash mumkin. Biroq bunday holatlarda
bronxlarni nuqsonli rivojlanishi, pnevmosklerozni, obliterlangan bronxiolitni inkor eta
bilish kerak.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish