Ikkovimiz birday yetim,
Bog‘da ochilgan gulday yetim,
Jannatdagi hurday yetim,
Ikki yetim bir bo‘laylik.
1
Ko‘pgina o‘rinlarda bandlar qayta ishlangan va o‘zgarishga uchragan. Biz
an’anaviy dostonlarning baxshilar ustozlaridan og‘zaki o‘rganishi emas, balki
kitob orqali o‘rganib, repertuarida o‘zlashtirishi, ana shunday holatda ijroda
qanday o‘zgarishlar yuzaga keldi-yu, qanday badiha usullari shakllanganligini
ikki baxshi repertuaridagi ba’zi epizodlarni tahlil qilish asosida ko’rib chiqsak.Bu
Xolbekaning savdogarlarga asir tushib, farzandlarini emizish uchun ulardan
ruxsat so‘rash iltijosidir: “...savdogarlar mol-mulkini ortib ketayapti. Xolbeka
endi ketarini, ikki bolasini qolishini bilib, asta tuyaning ustiga turib, turgan
savdogarlarga qarab: “- Og‘ajonim, ochilmay gulim so‘lami, ajal paymonam
to‘lami, men ketadigan kishi, ikki bolam qolami, shu ikki bolamga rahm
qilinglar?”, - deb savdogarlarga qarab, Xolbekaning yig‘lab turgan joyi:
Ertan bilan bolalarim turgan yo‘q,
Naylay endi taqdiriga ko‘ngan yo‘q.
Hech bo‘lmasa, bir emizib kelayin,
Ikki bolam tani hali emgan yo‘q.
Yoshlar oqar naylay endi ko‘zimdan,
Tikanaklar o‘sib kelar izimdan.
Erta bilan go‘daklarim turgan yo‘q,
Hech bo‘lmasa bir o‘payin yuzidan.
Shu holat Ergash Jumanbulbul o‘g‘lida quyidagicha beriladi:
Erta bilan uyqusidan turgan yo‘q,
Hali och-da, oq sutimga to‘ygan yo‘q.
Ikki nodon begunohga rahm ayla,
Yangi turdi, nodonlarim emgan yo‘q
O‘zi nodon, alvon-alvon do‘ngan yo‘q,
Hali bular yetimlikka ko‘ngan yo‘q.
Qancha edi norastamning gunohi
Qorni ochdir, erta bilan turgan yo‘q.
2
(198-bet)
Har ikkala baxshida band tuzilishi, qofiyalanishi, bo‘g‘inlar soni,
ifodalanayotgan fikr bir xil. Baxshilar farzandlaridan ayrilayotgan, hadsiz zulmga
1
Kuntug‘mish. Doston. Aytuvchi Qodir baxshi Rahimov. Magnitofon yozuvi.
2
Kuntug‘mish. Doston.//Orzigul: O‘zbek xalq ijodi. Ko‘p tomlik. (Misollarni shu nashrdan olib, qavs
ichida sahifasini ko‘rsatamiz).
13
duchor bo‘lgan onaning ruhiy iztirobini badiiy yuksak tarzda bera olgan. Ammo
Qodir baxshida “Taqdirga ko‘ngan yo‘q” deyilsa, Ergash shoirda “Yetimlikka
ko‘ngan yo‘q” deyiladi. Bu ikki tushuncha bir xil emas. Ergash shoirda
xususiylashtirish (individuallashtirish) ko‘zga tashlansa, Qodir baxshida
umumlashtiriladi, ma’no kengaytiriladi.
Ergash shoirda bolalar dardiga, alamiga, ular boshiga tushgan kulfatga
urg‘u berilsa, Qodir baxshida onaning og‘ir ruhiy holati kuchliroq. Chunki hali
bolalar taqdirida nima borligini ham, u chekayotgan azobni ham tushunmaydi.
Hadsiz kulfatlarga duchor bo‘layotganini sezgan ona “Tikanaklar o‘sib
kelar izimdan” iborasi orqali so‘nggi qismatini his etar ekan, hech bo‘lmasa
farzand yuzidan bir o‘pishini iltijo qiladi. Emizishga rozi bo‘lmagan dushmandan
o‘pishga ruxsat so‘rash, vaqt, fursat muammosi bilan bog‘liq.
Shu ikki bandning qiyosi shuni ko‘rsatadiki, Qodir baxshi ikkinchi bandni
boshqacharoq tasvirda berganligiga qaramay, umumiy badiiylik qonuniyatlari
jihatidan qaraganda Ergash shoir matni ancha ustundir. Buning ustiga Qodir
baxshi “ketayin” so‘zi o‘rniga “kelayin” so‘zini noto‘g‘ri qo‘llagan. Mantiq
ushbu misraning “Hech bo‘lmasa bir emizib ketayin” tarzida bo‘lishini taqozo
etadi. Shu epizodning so‘nggi bandida Ergash shoir bu misrani xuddi shunday
kuylagan:
Do'stlaringiz bilan baham: |