2.11. Baqs-munozara va musobaqa usullari
Bahs-munozarani o'tkazish yo'l-yo'riqlari
1. O'qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va o'quvchilarni munozaraga taklif etadi.
2. O'qituvchi o'quvchilarga muammo bo'yicha «aqliy hujum» o'tkazishga chorlaydi va uni o'tkazish tartibini belgilaydi.
3. O'qituvchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan turli g'oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu ishni bajarish uchun o'quvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda O'qituvchi o'quvchilarga o'z fikrlarini bildirishlariga sharoit yaratib beradi.
4. O'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda, ikkinchi bosqichda «aqliy hujum» davomida bildirilgan fikr va g'oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va ularni tahlil qiladi. Tahlil natijasida qo'yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |