Bahorgi ishlar
Bahorda dehqonlarning yumushlari ko‘payadi. Dehqonlar yerni haydab, ekin ekishga tayyorlanishadi. Bahor kelishi bilan bog‘bonlarning ishi ham ko‘payadi. Ular daraxt ko‘chatlarini o‘tqazadilar. Ariqlarni tozalaydilar. Gullar ekadilar. Bu ishlarda o‘quvchilar ham faol qatnashadilar.
Hasharda mahalla va yo‘llar, xiyobon va bog‘lar tartibga keltiriladi. Hashar kishilarni yaxshi ishlarga undaydi. Shuning uchun hashar milliy qadriyat sifatida e’zozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |