Klasterni tuzish qoidalari
1. Topshiriqni diqqat bilan o’qib chiqing.
2. Fikrlarni tarmoqlantirish jarayonida paydo bo’lgan har bir fikrni yozing.
3. Imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermang.
4. Belgilangan vaqt tugamaguncha yozishni to’xtatmang, fikringizni jamlashga harakat qiling.
5. Fikrlarni chegaralamang, ular o’rtasida o’zaro aloqadorlikka e’tibor qarating.
«Insert» texnikasining qoidalari:
1. Tekstni o’qib chiqing.
2. Olingan ma’lumotni tizimlashtiring.
3. Har bir qatorga qalam yordamida belgilar qo’ying.
V – ma’lumotlar mavzuga oid bilimlarimga to’g’ri keladi.
Q – yangi ma’lumotdir.
-- – olgan bilimlarimga to’g’ri kelmaydi.
? – meni o’ylantirib qo’ydi, bu masala yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar kerak.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |