1-rasm. Biznes aktivlarining umumlashtirilgan tarkibi
5
Har bir korxona o‗zining ichki iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra sarmoyaga ega bo‗lsa-
da, ular orasida nafaqat umumiy belgilar, balki farqlar ham mavjud. Moddiy, mehnat,
pul, axborot asosi bunda umumiy hisoblansa, farqlar korxonaning samaradorligi,
raqobatbardoshligi, bozordagi mavqei va rivojlanish istiqbollariga ta‘sir ko'rsatuvchi
nomoddiy aktivlarda o‗z ifodasini topadi.
5
Xodiyev B.YU., Berkinov B.B., Kravchenko A.N. Biznes qiymatini baholash. – T.: ―IQTISOD-MOLIYA‖, 2007
y. – 6- b.
Biznes aktivlari
Moddiy aktivlar
Nomoddiy aktivlar
Ko‗chmas
aktivkar
Ko‗char aktivkar
Intellektual mulk
aktivlari
Gudvil
Franshiza
Yer uchastkalari
Ishlab chiqarish
yo‘nalishidagi
obyektlar
Noishlab
chiqarish
yo‘nalishidagi
obyektlar
Texnologik jihozlar
Mashinalar
Transport
11
Biznes tadbirkorlik faoliyati sifatida turli xildagi xizmatlarni ko'rsatish bilan band
bo‗lgan ko‗p sonli xo‗jalik yurituvchi subyektlar (biznesm kreditlash, uni sug'urtalash,
resurslar va texnologik jihozlar bilan ta‘minlash va hokazolar bilan band bo‗lgan
xo‗jalik yurituvchi subyektlar) bilan o‗zaro hamkorlikni talab etadi. Bundan tashqari,
tadbirkorlik faoliyatining turi sifatida biznesni shakllantirish va rivojlantirish uchun
ishlab chiqarilayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotish bozorlari, ko‗char va
ko‗chmas mulk, qimmatli qog‗ozlar bozorlari talab etiladi, bu pirovardida, biznesning
ham tovar sifatida, ham tadbirkorlik faoliyatining turi sifatida turli xil bozorlar va bozor
tuzilmalari bilan hamkorlik qilishini nazarda tutadi.
Mulkdorlar munosabatlarini tartibga solish va bozor mexanizmlarini
rivojlantirishda ushbu biznesmng qiymatini baholashga katta e‘tibor qaratiladi. Biznes
mulkdori uni sotish, garovga qo‗yish, sug'urta qilish, vasiyat qihsh huquqiga ega, ya‘ni
biznes bitim obyekti, tovar bo'lishi mumkin va har qanday tovar singari u xaridor uchun
foydali bo'lishi kerak. Birinchi navbatda, u daromadlar olishga bo‗lgan ehtiyojlarga mos
kelishi lozim. Har qanday boshqa tovar singari biznesning foydaliligi undan
foydalanishda namoyon bo‗ladi. O‗z navbatida, agar biznes mulkdorga daromad
keltirmasa, u uning uchun o‗z foydaliligini yo‗qotadi va sotihshi lozim bo‗ladi. Agar
boshqa kimdir undan foydalanishning yangi usullarini, daromad olishning boshqa
imkomyatlarini ko‗rsa, u holda biznes tovarga aylanadi. Ayni paytda, daromad olish,
takror ishlab chiqarish yoki muqobil biznesni shakllantirish ma‘lum bir xarajatlar bilan
kuzatiladi. Foydalilik va xarajatlar biigalikda bozor narxining asosini tashkil etuvchi
miqdor bo‗lib, uni bozor qiymati deb belgilash mumkin. Shunday qilib, biznes ma‘lum
faoliyat turi sifatida, bozor iqtisodiyotida uning tashkiliy shakl sifatida,mulkdorning
daromadlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondiradi va uni olish uchun ma‘lum resurslar
sarflanadi. Quyidagi 2-rasmda biznes va uning tarkibiy qismlarining turli bozorlarda
(ko`chmas mulk, ko`char mulk va jihozlar, nomoddiy aktivlar, kreditlar, tovar bozorlari
va hokozo) ishtirokini ko`rishimiz mumkun.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |