Baholash ishi va investitsiyalar


Makroregulyator nazariy kontseptsiyasi



Download 3,02 Mb.
bet79/188
Sana17.07.2021
Hajmi3,02 Mb.
#122108
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   188
Bog'liq
2 5474587648758647927

4. Makroregulyator nazariy kontseptsiyasi
Halqaro miqyosda 3.5.1-, 5.1.1-, 7.1.1-, 8.2.1-8.1.5-, 8.3.1-rasmlar ko'rinishida keltirilgan tuzilmaviy model(shema)larda roli eng muhim deb aytilgan regulyatsiya funktsiyasini bajaruvchi institutlar, ayniqsa o'zini-o'zi tartibga soluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari, faoliyati nisbatan zaifligicha qolmoqda. Bunday holat jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi (JMII) sharoitida va undan keyingi retsessiya davrida yaqqol namoyon bo'ldi. Shu sababli, ushbu modellar faoliyatida belgilovchi rol o'ynaydigan milliy regulyativ modellarni takomillashtirishga qaratilgan makroregulyator nazariy kontseptsiyasi hozirda dolzarb hisoblanadi. Zero, qiymat va narx, mulk bozori va mulk qiymatini baholash hizmatlari bozori, mulk qiymatlari va narxlari bozori (MQNB) va milliy real iqtisodiyot (MRI) ekvivalentliligi ta'minlanishi mumkinligi to'grisida xulosa bunga asos bo'ladi. Bunda mulk qiymatining MQBHBdagi bahosi va MBdagi narxi orasidagi ekvivalentlilikni ta'minlash ushbu bozorlarni davlat tomonidan kompleks regulyatsiya qilinishini talab qiladi. Bunday talab umuman olganda har qanday turdagi MB va MQBHBni bir-biri bilan bo?g’liqlikda kompleks ravishda tartibga solinishi zarur degan fikrni bildiradi.

Makroiqtisodiy nuqtai nazardan har ikkala bozorni (“MB-MQBHB” juftligini) kompleks tartibga solish va buning asosida ularning ekvivalentliligini ta'minlashda davlat (ya'ni uning vakolatli organlari)ning regulyativ funktsiyasi muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun, ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya nuqtai nazaridan, 8.2.1- va 8.3.1-rasmlarda ko'rsatilgan tuzilmaviy-funkcional modellarni shaklan 8.2.2- va 8.2.3-rasmlardagi modellarga mos ravishda amalga oshirish (realizatsiya qilish) maqsadga muvofiq. Chunki, mazkur funktsiyani umumiy regulyator (UR, MR) yordamida samarali bajarilishi ushbu bozorlarning MQNB doirasida zaruriy ekvivalentlilik darajasiga erishish demakdir. Vaholanki, MQNB undagi qiymat va narxlar yordamida mulkni tovar, kapital va mulkiy munosabatlar vositasi sifatidagi bozor muomalasini amalga oshirish funktsiyasini bajaradi. MRI mulkni kapital sifatida ishlab chiqarish va tarkroran ishlab chiqarish jarayonlaridagi muomalasini amalga oshirish funktsiyasini bajaradi. Makroregulyator (MR) esa umumiy regulyativ funktsiyani bajaradi. Bunda MQNB va MRI o'zaro bog’liqlikdagi faoliyati va barqarorligini makroregulyativ ta'minlash mumkin.

Odatda makroregulyatsiya jarayonlarida MRI samaradorligi mulk qiymati va narxi yordamida o'lchanadi va belgilanadi. Shuning uchun MQNB va MRI davlatning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy siyosati doirasida o'zaro makroregulyativ uzviy bog’liqlikda qaralishi zarur.

Bunda 8.2.1-8.2.5-, 8.3.1-rasmlarda ko'rsatilgan modellar faoliyati quyidagi tamoyillarga amal qiladi:

1. Har qanday mulk o'zining bozor qiymati va narxiga ega bo'ladi. Bunda ular ekvivalent va MQNB tomonidan o'rnatilgan qiymat va narxlar chegarasi (spredi) va risklari me'yorlari darajasida bo'lishi kerak.

2. MQNB va undagi (V-P)-muhit mulkchilik tizimining barqarorligi va samaradorligini ta'minlashi lozim.

3. MQNB transparent bo'lishi zarur, bunda davlatning samarali regulyativ siyosati kafolat hisoblanadi.

4. MQNB faoliyati maxsus ijtimoiy-iqtisodiy-axborot-huquqiy mexanizm bilan ta'minlangan va mulkdorlar huquqlari himoyalangan bo'lishi lozim.

5. MQNB faoliyati makroregulyativ tartibga solinishi va muntazam monitoring qilinishi zarur, bunda uning faoliyat mehanizmi halqaro miqyosda standartlashtirilgan va unifikatsiyalashtirilgan bo'lishi zarur.

6. MQNB ochiq bo'lishi lozim.

7. MQNBda sog’lom raqobat bo'lishi, monopoliya cheklanishi, hubfiya operatsiyalar va manipulyatsiyalarga yo'l qo'ymaslik lozim.

8. MQNB munosabatlarida kapitallar transchegaraviy oqimlarining harakati erkin bo'lishi lozim.

Ushbu tamoyillarga rioya qilish umummilliy regulyator (makroregulyator) yordamida MQNB faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega.

Umuman olganda, 8.2.1-8.2.5-, 8.3.1-rasmlardagi modellar faoliyati uchun dolzarb bo'lgan makroregulyator kontseptsiyasini aynan JMII tufayli hozirda qo'llash muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, hozirgi sharoitda MQNB va MRIni kompleks tartibga soluvchi va rivojlantiruvchi yagona umummilliy davlat organi - makroregulyatorni - jorish qilish maqsadga muvofiq.




Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish