Baholashdan maqsad - buyurtmachining zarurati va maqsadi doirasida mulk ob'ekti qiymatini uning bozor narxlari bilan bog’liqlikda adolat nuqtai nazaridan aniqlash.
Mulk qiymatini baholashdan manfaatdor bo'lgan taraflar baholash maqsadlarini belgilaydi.
Mulk qiymatini malakali (professional) baholovchi firma (tashkilot) aniqlaydi.
Baholash faoliyati mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorida (MQBHB) maxsus baholovchi institutlar tomonidan amalga oshiriladi.
Baho - mulk (tovar) nafililigi va foydaliligining pulda yoki nisbiy birlikda mezonlar yordamida baholanib ifodalangan ekspert xulosasi. Qo'llanilgan mezonlar ob'ekt qiymati yoki narxining miqdoriy holati sifatiga baho berish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |