Tartibga solinadigan narxlar – bu yuqori va quyi chegarasi belgilangan narxlardir.
Irratsional narxlar er, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy resurslarga belgilanadigan narxlarni bildiradi.
Yashirin narxlar xufiyona bozorlarda shakllanadigan narxlarni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:
Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko’rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi-bu muvozanatli narx bo’lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |