"baholash ishi va investitsiyalar" kafedrasi meliqulov qahramon bozarovich "uy-joylar qiymatini baholash amaliyoti


-jadval Baholash obyektining texnik tavsifi to’g’risida axboroUy-joyning qurilish elementlari



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/34
Sana10.03.2023
Hajmi0,77 Mb.
#917971
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
Мелиқўзиев Қахрамон ББИ-80 БМИ

6-jadval
Baholash obyektining texnik tavsifi to’g’risida axboroUy-joyning qurilish elementlari
Nomlari
Xususiyatlari
Poydevor
Temir-beton, lenta turi
Tayanch devorlari
G’ishtli
Pol
Beton
Qatlamlar
Temir-beton taxta plitalari
Tom
Temir beton plitalar ustida tom yopish.
Baholash obyektining texnik tavsifi to’g’risida axborot uy-joyning qurilish
elementlari ko’rsatib o’tingan. Unga ko’ra, uy-joyning poydevor, tayanch
poydevor, pol, qatlamlar, tom qismlari aks ettirilgan.
Mazkur obyektini
baholashda quyidagicha baholash vazifasi belgilab olingan (7-jadval).
7-jadval
Baholashga oid vazifalarning belgilanishi
Baholovchi
MCHJ “LIDER KONSALT SERVIS”
Baholovchi
tashkilotning
javobgarligini
sug'urta
qilish
ma’lumoti
Baholash tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug'urtalangan.
2018-yil 31-oktabrdagi № 0267219-sonli litsenziya
Sug'urta muddati - 2018 yil 31 oktyabrdan 2019-yil 30-oktyabrgacha.
Sug'urtachi: “KAFOLAT” AJ
Baholash obyekti
5 qavatli ko'p qavatli binoning ikkinchi qavatidagi 4 xonali uy-joy
Baholash uchun asos
2019-yil 9-yanvardagi 17-sonli shrtnoma
Baholash obyektining joylashgan joyi
Toshkent shahri, Yashnobod, Farg’ona yo’li ko’chasi, 45 uy, 24-
xonadon.
Baholash sanasi
09.01.2019 yil.
Baholash hisoboti tuzilgan sana
10.01.2019 yil.
Baholashning maqsadi va baholash
natijalarini maqsadli ishlatish
Garovga qo'yilgan qarz majburiyatlari uchun
Qiymat turi
Bozor qiymati
Yerga mulk huquqi qiymati
O'zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standartining (N 10-son)
“Ko'chmas
mulkni
baholash”
V bobining 58-bandiga asosan aniqlanmagan.
Milliy
baholash
standartlariga
muvofiqligi
O'zbekiston Respublikasining mulkni baholashning milliy standarti (1-
son MBMS) “Baholashning umumiy tushunchalari va printsiplari”;
“Bozor bahosi - baholash usuli sifatida” O'zbekiston Respublikasi mulkini
baholash
milliy
standarti
(2-son MBMS);
O'zbekiston Respublikasining mulkini baholash milliy standarti (5-son
MBMS) “Kreditlar, ipoteka va qarz majburiyatlarini ta'minlash uchun
baholash”;
“Mulkni baholash” O'zbekiston Respublikasi mulkini baholash milliy
standarti (10-son MBMS).
Foydalanilgan
ma'lumotlarning
ro'yxati
Kadastr hujjatlari nusxasi. 01/08/2019 raqamiga 1-1004-19-00205
raqamli registr kadastr raqami
32
MCHJ “LIDER KONSALT SERVIS” baholash tashkiloti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
33
MCHJ “LIDER KONSALT SERVIS” baholash tashkiloti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.


43
Mazkur ko’p qavat uy-joyni baholash 2019-yil 9-yanvarda baholash
tashkiloti bilan tuzilgan 17-sonli shartnomaga asosan kredit olish uchun garov
maqsadida amalga oshirilgan.
Baholash obyekti to’g’risidagi hisobotda axborotlar tizimida muhim o’rinni
egallovchi makroiqtisodiy va hududiy ko’rsatkichlar tahlili keltirildi. Shunga ko’ra,
Davlat statistika qo’mitasining rasmiy ma’lumotlari asosida makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar tahlil etildi.
2018-yilning yanvar – martida O’zbekiston Respublikasi YaIM hajmi joriy
narxlarda 64 958,0 mlrd. so’mni tashkil etdi va o’tgan yilning mos davri bilan
taqqoslaganda 5,1 % ga o’sdi.
YaIM deflyatori indeksi 2017-yilning yanvar – martidagi narxlarga nisbatan
137,4 % ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 1 986 ming so’mni
tashkil etdi va bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 % ga
yuqoridir.
Iqtisodiy o’sish sur’ati milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan
ijobiy o’sish sur’atlari bilan bog’liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida
yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat (keyingi o’rinlarda YAQQ) hajmi YaIM
umumiy hajmining 83,8% ini tashkil etdi va 5,0% ga o’sdi (YAIM mutloq
o’sishiga ta’siri 4,4% punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM
tarkibidagi ulushi 16,2% ni tashkil etdi va 5,3% darajasida o’sish qayd etildi.
YaIM o’sish sur’atiga xizmatlar sohasi eng katta ta’sir ko’rsatdi (2,2 %) va
bu soha o’tgan yilning yanvar-martiga nisbatan 4,4% ga o’sdi. Jumladan, savdo,
yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar 1,1% ga, tashish va saqlash, axborot va
aloqa – 7,1% ga va boshqa xizmatlar - 4,6% ga o’sdi.
Sanoat tarmog’ining qo’shilgan qiymatida 5,0%lik o’sish qayd etildi. Sanoat
ishlab chiqarishining YaIM mutloq o’sish sur’atiga ijobiy ta’siri 1,3 % darajasida
baholandi. Sanoat tarmog’idagi o’sish tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash
tarmog’i qo’shilgan qiymatining 20,7% ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash)
sanoat tarmog’i qo’shilgan qiymatining 1,8% ga va boshqa sanoat tarmoqlarining
5,8% ga o’sishi hisobiga ta’minlandi.


44
Ko’p kvartirali turar joy binolari qurilishi, shuningdek sanoatning bazaviy
tarmoqlari korxonalari qurilishi va modernizatsiyasi bilan bog’liq investitsiya
loyixalarini amalga oshirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar natijasida qurilish
tarmog’ida 12,2 % ga o’sish qayd etildi. YaIM ning mutloq o’sishida qurilish
tarmog’ining ijobiy hissasi 0,8 f.p. darajasida baholandi. 2018 yilning yanvar –
marti yakunlariga ko’ra, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida ham 1,8 % darajasida
ijobiy o’sish sur’ati kuzatildi. Mazkur tarmoqdagi o’sish sur’ati hisobidan YaIM
ning 0,1 f.p. o’sishi ta’minlandi. Respublika bo’yicha YaIM ning shakllanishida
Toshkent shahri 16,2 % ulush bilan eng katta hissa qo’shdi. Toshkent viloyati 9,1
% va Qashqadaryo viloyati 6,3 % ko’rsatkich bilan keyingi o’rinlarni egalladi.
Respublika YaIM ni shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (1,6 %), Jizzax (1,9
%) va Xorazm (2,9 %), viloyatlariga to’g’ri keldi.
2018-yilning 12 oyida iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlari indeksi
o’rtacha 14,3 %ga oshdi.
Baholash hisobotida ko’chmas mulk bozoriga oid bo’lgan axborotlar ham
tahlil etilgan. Unga ko’ra, Toshkentda birlamchi bozorda sotiladigan uy-joy
ko'pincha ko'p qavatli elita uylarida joylashgan bo'lib, o'rtacha narxi Toshkent
shahrida 1 m
2
uchun 1000 AQSh dollarini tashkil etadi. Bunday uylar asosan
xususiy qurilish kompaniyalari tomonidan qurilgan va aholiga ipoteka krediti
bo'yicha sotilgan. Respublikamizning viloyat markazlarida birlamchi bozorda,
asosan, “Qishloq qurilish bank” mablag'lari hisobiga qurilgan va ipoteka kreditlari
uchun sotiladigan ikki qavatli uylarda joylashgan uy-joylar sotilmoqda.
2018-yilning kuz mavsumining o'rtalaridan boshlab uy-joy bozorida o'rtacha
taklif narxining dinamikasi qurilish materiallari, turar joylar va kvartira
segmentlari bo'yicha o'rtacha narxlar pasaygan. Takliflarning o'rtacha bahosidagi
o'zgarishlarning haqiqiy dinamikasi soha mutaxassislari tomonidan prognoz
ko'rsatkichlarini barqarorlashtirishning optimistik taxminlarini tasdiqlamadi.
Sababi, o'rtacha taklif darajasining darajasi avvalgi oyga nisbatan (-2) % kamaydi.
Barcha turdagi uylar uchun 1 kvadrat metr o'rtacha narx taklifi 2018-yil oktyabrda
708 AQSh dollarni tashkil etgan.


45

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish