Badoe’ us-sanoe’



Download 22,46 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi22,46 Kb.
#794896
Bog'liq
5-MA\'RUZA (1)


5- MAVZU: ATOULLOH HUSAYNIYNING “BADOE’ US-SANOE’” ASARIDA LAFZIY, MA’NAVIY VA QORISHIQ SAN’ATLAR ZIKRI
REJA:

  1. Atoulloh Husayniyning hayoti va faoliyati

  2. Badoe’ us-sanoe’” asarining adabiy-nazariy ahamiyati

  1. Badoe’ us-sanoe’”da badiiy san’atlar haqida

  2. Xulosa

Tayanch tushunchalar: badiiy san’atlar, sanoyi’ bade’, lafziy san’atlar, ma’naviy san’atlar, ma’naviy-lafziy san’atlar.
To‘la nomi Atoulloh Mahmud Husayniy Nishopuriydir. Manbalarda allomaning hayoti haqidagi ma’lumotlar kam uchraydi. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarida unga yuqori baho berib, “Qofiya” va “Mutavassit” o‘qur erdi, sanoyi’da mahorat paydo qildi” deb yozgan.
Atoulloh Husayniy Nishopurda tug‘ilgan bo‘lsa-da, asosan, Mashhadda yashagan, uning ilmiy-mudarrislik faoliyati ham o‘sha yerda kechgan. Alisher Navoiy “Badoyi’i Atoyi” deb atagan “Badoe’u-s-sanoyi’” asari fors tilida yozilgan bo‘lib, oliy madrasalarda badiiyat ilmidan darslik qo‘llanma sifatida foydalanilgan. Asarning matni Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasida saqlanadi. Asar to‘la mumtoz badiiy san’atlarga bag‘ishlangan.
Badiiy san’atlar haqida umumiy tushuncha. Badiiy san’atlar yoxud she’r san’atlarini bilmasdan turib, o‘zbek mumtoz she’riyatini puxta o‘rganib bo‘lmaydi. Badiiy san’atlar adabiyotimizning o‘ziga xosligini, latofati-yu nazokatini, rango-rangligi-yu estetik boyligini, ta’sirchanligini namoyon etadigan asosiy vositalardandir.
Badiiy san’atlar tarixiga bir nazar. Arab olimlari she’riy nutq go‘zalligi (san’atlari)ni zotiy (tabiiy) va oriziy (bezakli) guruhlarga ajratib (bu haqidagi ilmni «Balog‘at ilmi» deb nomlab) o‘rganishgan bo‘lsalar, fors-tojik va turk-o‘zbek shoirlari esa zotiy va oriziy go‘zalliklarni qo‘shib, ”sanoyi’ bade’” (badiiy san’atlar) va bu haqidagi ilmni “Ilmi sanoyi’” (“4 san’at ilmi”) deb atashgan. Bu soha bo‘yicha asrlar davomida arab, fors- tojik va qisman turkiy tilda risolalar yozilgani-tarixiy poetika ilmi ravnaq topgani, biroq bunday nodir asarlar o‘zbek tiliga to‘la tarjima qilinmagani, hozirgi zamon she’rshunosligi yutuqlari zaminida puxta o‘rganilmaganligi, tarixiy poetik ko‘ngildagidek targ‘ib va tashviq kilinmayotganini ko‘rsatadi. “Sanoyi’ bade’” metodik jihatidan quyidagi uch guruhga ajratib o‘rganiladi:

  1. Lafziy san’atlar - so‘zning tovush jihati bilan bog‘lik san’at hodisasi ekanligi. Lafziy san’atlarda so‘z shakli poetik mazmun ( ma’no)ga xizmat qildiriladi. Lafziy san’atlar g‘oyatda ko‘p va rang-barang. Lafziy san’atlardan namuna sifatida tarsi’, saj’, mulamma’, qaytarish, raddul-aks, raddul-matla, radd ul qofiya tahliliga alohida keltirish mumkin.

  2. Ma’naviy san’atlar. She’r ma’nosi, g‘oyasi bilan bog‘liq bo‘lgan san’atlar “ma’naviy san’atlar” deb yuritiladi. Ma’naviy san’atlar ham ko‘p va rang-barangdir. Shulardan tashbih, iyhom, ishtiqoq, lutf, tazod, tadrij, ismolu-l-masal, kalom-i-jemi’, ruju’, tajohulu-l-’orif, tansik us-sifot, iltifot, laffu nashr, husni ta’lil, savolu javob , ta’dil, talmix, muammo, muvashshax, ta’rix, chiston kabilar tahlili.

  3. Ma’naviy-lafziy san’atlar. She’rning ham tovush (shakl), ham ma’no (mazmun) jihati bilan uzviy bog‘lik bo‘lgan san’atlar. Bu turda ham ko‘plab san’atlar mavjud: mutobaka, tadbij, muqobala, tafvif, irsod, tanosib, ittirad, muzovaja, iqtibos, aqdu hall, tazmin va boshqalar. Bu turdagi san’atlardan, masalan, tanosib va tajnis san’atlarini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

TOPSHIRIQLAR:

  1. Badiiy san’atlar va ularning tasnifi.

  2. Lafziy san’atlar.

  3. Tarsi’, tajnis, mulamma’, saj’, qaytarish san’ati, radd ul -aks, raddul matla’, radd ul qofiya.

  4. Ma’naviy san’atlar: tashbih, ishtiqoq, tazod, tadrij, husni ta’lil, iyhom, lutf, tazod, tadrij, irsolu-l-masal, kalom-i jomi’, ruju’, tajohuli-l-chorif, iltifot, laffu nashr, talmih, muammo, muvashshah, ta’rix, chiston, savolu javob.

  5. Ma’naviy- lafziy san’atlar: mutobaka, tadbij, muqobala, tafvif, ta’dil, tansiqu-s-sifat, tanosib, tajnis va b.



ADABIYOTLAR:

  1. Fitrat A. Adabiyot qoidalari. – T: O‘qituvchi, 1995. –B. 70-81.

  2. Oybek. O‘zbek poeziyasida til. Mukammal asarlar to‘plami. – T. Fan, 1979. –B. 107-112.

  3. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. – T: O‘qituvchi, 1980. –B. 207-220.

  4. Boboyev T. She’r ilmi ta’limi. – T: O‘qituvchi, 1996. –B. 305-308.

  5. Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. – T.: Sharq, 1998. –B.115-158.

  6. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – T: Sharq, 1999. –B. 4-114.

  7. Hojiahmedov A. She’riy san’atlarni bilasizmi? –T: Sharq, 1999.

  8. Husayniy Atoulloh. Badoyi’ u-s-sanoyi’ (foschadan A. Rustamov tarjimasi) – T: Adabiyot va san’at, 1981. – B. 34-274.

  9. Shayhzoda M. Asarlar (olti tomlik). – T: Adabiyot va san’at, 1970. – B. 195-294.

  10. Klassik adabiyot poetikasida materiallar. O‘zbek tili va adabiyot.

Download 22,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish