- Yakkalik o‘yin taktikasi (yoki o‘yinni olib borish rejasi) quyidagi prinsiplar asosiga quriladi:
- 1) raqibni maydoncha bo‘ylab murakkab harakatlami amalga oshirib toliqishga majbur qilish;
- 2) baland-olis, hujumkor zarbalarni to‘r yaqinidagi nafis o‘yinlar, shuningdek, aldamchi harakatlar va noan’anaviy usullar bilan qorishtirgan holda raqibni xato qilishga majbur etish;
- 3) doimiy ravishda raqib o'yinidagi ojiz nuqtalami kuzatib borish va ulardan imkon qadar samarali foydalanish.
- Barcha badminton ustalariga quyidagi eskirmaydigan aksioma yaxshi ma’lum - badmintonda hujumkor uslub g‘olib chiqadi, buning ma’nosi shuki:
- • barcha zarbalarni imkon qadar baland nuqtadan berish kerak;
- • himoyalanayotganda volanni to‘r yaqinida kutib olish zarur;
- • raqibga o‘z o‘yin uslubingizni o‘tkazishga harakat qilib, uning faolligini so'ndirishga intilishingiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |