Huquqiy ta’minot – bu axborot ta’minotidan foydalanishning yuridik statusni aniqlovchi huquqiy normalar yig’indisi. Axborot sohasidagi faoliyatda bozor munosabatlarining rivojlanishi axborot himoyasini, intellektual, shaxsiy ob’ekt va unga mulkiy huquq kabi qarashga imkon yaratadi. Huquqiy ta’minotining eng asosiy maqsadi axborot ishlab chiqarish sohasida qonuniylikni mustahkamlashdir.
O’zbekiston Respublikasida 1992-yil 8-dekabrda Axborotlashtirish Markazi tashkil qilindi. (Fan va texnika davlat qo’mitasi qoshida). Uning maqsadi jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish bo’yicha hujjatlar yig’ishdan iborat edi. Shuning bilan bir qator quyidagi qonunlar va farmoyishlar ham qabul qilingan: «Axborotlashtirish haqida qonun» (may, 1993y), (yangi taxrirdagi ushbu qonun 2003 yil 11 dekabrda Oliy Majlisning 2-chaqiriq 13-sessiyasida qabul qilindi), “EHM dasturlari va ma’lumotlar bazalarining himoyasi haqida” (may, 1994y), «Elektron raqamli imzo to’g’risidagi»(dekabr,2003 y.), «Elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi», «Elektron tijorat to’g’risidagi»( 2004 y.) qonunlar.
1994 yilda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasini axborotlash konsepsiyasi»da quyidagi strategik masalalar qo’yilgan:
- milliy kompyuter tarmog’ini tashkil qilish;
- axborotni mahsulot sifatida huquqiy asosini tashkil qilish;
- mamlakatimiz axborot industriyasini mahkamlash.
Shu konsepsiya asosida O’zbekiston Respublikasini axborotlashtirish dasturi ishlab chiqildi. Shuningdek 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dastur»ida mazkur masalaga katta e’tibor qaratilgan.
Shunday qilib, axborot tizimini apparat, dasturiy, axborot, tashkiliy va huquqiy ta’minotlarining majmuasi sifatida ko’rishimiz mumkin.
"Mamlakat axborot resurslarining rivojlanish darajasi regionining xududiy o’lchamlari, tabiiy sharoitlari orqali emas, uning tarixiy an’analari, savodxonlik darajasi, ko’p asrlik madaniyati va milliy g’ururi orqali aniqlanadi, chunki axborot mahsulotlari bozorda sotiladi va o’z egasidan begonalanmaydi".
"Texnologiya" atamasi grek tilidan olingan bo’lib, mahorat, ustalik ma’nosini bildiradi. Bularning barchasi sistemali fan va ishlab chiqarish nuqtai nazardan jarayon hisoblanadi. Jarayon deganda qo’yilgan maqsadga erishishimiz yo’naltirilgan harakatlar yig’indisi tushuniladi. Jarayon, birinchi o’rinda strategiyani tanlagan odam tomonidan aniqlanadi, ikkinchi o’rinda u har xil vositalar va uslublar majmui yordamida amalga oshiriladi. Shu holatda, texnologiya qandaydir yangi mahsulotni olish maqsadida birlamchi mahsulotning boshlang’ich holatini o’zgartiradi. Axborot, mahsulot resurslarimiz bo’lgan neft, gaz, foydali qazilmalar kabi eng qimmatbaho resurslarimizdan biri hisoblanadi.
Demak, axborotni qayta ishlash jarayonini material resurslarini qayta ishlash texnologiyasi kabi qabul qilishimiz mumkin. Quyida axborot texnologiyasi sxemasi qandaydir material resurslarni qayta ishlash texnologiyasiga o’xshash tarzda ko’rsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |