Bilet 24
Javob 1: Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor. 1. So’zlashuv uslubi 2. Ilmiy uslub 3. Rasmiy-idoraviy uslub 4. Ommabop (publitsistik) uslub 5. Badiiy uslub
Badiiy uslub, uning xususiyatlari
Badiiy nutq uslubi inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi: umumga taalluqligi, barcha barobarligi bilan xarakterlanadi.
Badiiy nutq uslubi juda xilma-xil ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Bu uslub muallifga asarning estetik ta’sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-yangi, ifoda vositalarini yaratish imkonini beradi.
Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Bu uslub o’zining obrazliligi bilan adabiy boshqa fuktsional uslublaridan ajralib turadi.
JAvob 2: Odatda lug'at tarkibidagi so'zlar ishlatilishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: ko'p ishlatiluvchi so'zlar yoki faol lug'at va kam ishlatiluvchi so'zlar yoki nofaol lug'at. Ko'p ishlatiluvchi so'zlar barcha uchun tushunarli bo'lishi bilan ajralib turadi. Masalan, choy, non, ovqat, kelmoq, ketmoq, chiroyli, xunuk, gul, yo'l kabi. Bundan tashqari, xalqning turli guruhlari ham o'z faol lug'atiga ega bo'lishi mumkin. Jumladan, tilshunoslar affiks, fonema, morfema, sintaksis, sinonim, omonim kabi so'z-terminlarni ko'p qo'llaydilar. Faylasuflar esa zamon, makon, obyektiv borliq, bazis, ustqurma kabi terminlardan ko'proq foydalanadilar. Bu esa har bir guruhdagi kasb egalarining o'z faol lug'ati borligini ko'rsatadi.
Kam ishlatiluvchi so'zlar (nofaol lug'at)ga tilda mavjud bo'lgan, lekin doim ham qo'llanmaydigan so'zlar kiradi. Masalan, yuho, po'rtana, mo'ndi kabi so'zlar o'zbek tilida nofaol lug'atni tashkil etadi. Tilning leksikasi tildagi barcha so'zlarni o'z ichiga oladi. Tilda bor bo'lgan barcha so'zlar uning lug'at tarkibini tashkil etadi. Tilda bor bo'lgan so'zlarning hisobi aniq emas. Har bir til o'zining lug'at tarkibiga ega bo'lib, yuz minglab so'zlarni o'z ichiga olgan. Eng mukammal tuzilgan lug'at ham barcha so'zlarni qamrab ololmaydi. Chunki tilning asta-sekin rivojlanish jarayonida uning lug'at tarkibi ham takomillashib boradi. Barcha yangi so'zlar yoki eski so'zlar lug'atdan o'rin olmagan bo'lishi mumkin.
JAvob 3
Yozuv qadimgi madaniyatlarning siyosiy kengayishi natijasida kelib chiqqan axborot uzatish, moliyaviy hisob-kitob va tarixiy qaydlar olib borishga ehtiyoj tugʻilganida paydo boʻlgan, deb taxmin etiladi. Eramizdan avvalgi 4-ming yillikka kelib Mesopotamiyada savdo va maʼmuriyat murakkabligi odam xotirasi uchun haddan tashqari kattalashdi va yozuv qaydlar olib borish va saqlash uchun ishonchli usulga aylandi.[2] Qadimgi Misr va Mezoamerikada yozuv ehtimol taqvimlash va tarixiy hamda ekologik hodisalar qaydini olib borish orqali rivojlangan. Xitoyda topilgan eng qadimgi yozuv namunasi esa qirollik mahkamasidagi folbinlik amaliyotini taʼriflaydi. XIX asrning birinchi choragida «Сибирский вестник» («Sibir xabarlari») jurnalida Grigoriy Spasskiyning Yenisey yodgorliklari haqida maqolasi bosiladi. Bu maqola lotin tiliga tarjima qilinib, ko'p mamlakatlarning olimlariga ma'lum bo'ladi. Lekin turli mamlakat olimlari uni turlicha talqin qila bosh-laydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |