Muammoning o’rganilganlik darajasi
. Badiiy nutq masalasiga ko’plab
tadqiqotchi-olimlar, shoir, adabiyotshunoslar fikr bildirganlar, tadqiq etganlar.
Ularning aksarisi xorij va rus xalqi namoyandalari hisoblanishadi. Jumladan,
5
Vinogradov V.V., Grigoryev V.P., Efimov A.I. Kojinov I., Belinskiy V.G., Pospelov
G.N., Timofeyev Abramovich L.I., Tomashevskiy B.M., Chicherin A.V.,
V.B.Shklovskiy, R.O.Yakobson, B.M.Eyhenbaum, G.O.Vinokur, V.M.Jirmunskiy,
Kojinoy M.N., A.A.Potebnya, A.N.Veselovskiy, B.M. Eyxenbaum, Yu.N.Tinyanov,
B.I.Yarxo, M.M.Baxtin, kabilar. O’zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligida esa
badiiy nutq borasida o’z qarashlari bilan I.Sultonov, M.Qo’shchonov, O’.Nosirov,
Y.Solijonov, Z.Pardayeva, H.Umurov, N.Shodiyev, Rahimov Z., Soljonov Y.,
Umirqulov B., Yo’ldoshev B., Saidxonov M. kabilar o’z ilmiy ishlari va darsliklari
bilan qatnashdilar.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari.
Badiiy nutqning asosiy xususiyatlari,
tarkibi, usul va tamoyillari va uni tahlil qilishda Vole Shoyinkaning tanlangan
she’rlaridagi badiiy nutqning badiiyatini ta’minlovchi vositalarini tahlil qilish
diplom ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Diplom ishi oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun tadqiqot jarayonida
quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi:
- tilshunoslik va adabiyotshunoslikda badiiy nutqni o’rganish bo’yicha amalga
oshirilgan ishlarga xolisona baho berish va bu borada erishilgan yutuq va
kamchiliklarni, amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni tahlil qilish;
- badiiy nutqning so’z san’ati sifatida ahamiyatini ko’rsatib berish;
- badiiy nutqning janr va shakllarini o’rganib chiqish va bu borada
tadqiqotchilarning turli qarashlarini solishtirish;
- badiiy nutqning ifoda vositalarini misollarda ko’rib chiqish, va uning badiiy
nutqning asarda namayon bo’lishiga bo’lgan ta’sirini izohlash;
- badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlari bilan bir qatorda u bilan bog’liq
muammolarga to’xtalib o’tish;
- badiiy nutqning tarkibini tadqiq etish;
- badiiy nutqning boshqa nutq faoliyatlari bilan o’zaro bog’liqliklarini misollarda
ochib berish va ko’rsatish;
- badiiy nutqning grammatik, so’z yasalish va fonetik xususiyatlari va uning badiiy
nutq sintaksisida aks etishini o’rganib chiqish;
6
- Vole Shoyinkaning she’riy asarlarda badiiy nutqni ifodalovchi lisoniy birliklarni
tanlash va qo’llashdagi mahorati, o’ziga xos individual uslubining badiiy-estetik
xususiyatlari haqida fikr yuritish;
- Vole Shoyinkaning tanlangan she’rlari badiiy nutqida emotsional-ta’sirchanlikni
ta’minlovchi vositalarni leksiko-sintaktik, fonologik, morfologik, grafologik
jihatdan tahlil qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |