1. Tematik tahlil
deganda, biror bir badiiy asarni nutqning bir jihati bo’yicha
va ma’lum tamoyil, usullar bo’yicha tahlil qilish nazarda tutiladi. Tematik tahlil
asosan, nutq sathlaridan biri bo’yicha amalga oshiriladi. Masalan, Cho’lponning
«Kecha va kunduz» nomli romanini leksik-semantik jihatdan tahlil qilamiz, deylik.
Asardagi lug’aviy birliklar (ayrim so’zlar, iboralar, maqollar, matallar, aforizmlar)
ajratib olinadi. Lug’aviy birliklar asar badiyatiga qay darajada xizmat qilishi,
an’anaviy yoki individual ekanligi aniqlanadi. Badiiy nutq komponentlarini
49
birikish usullari alohida o’rganiladi. Nutq tiplari va uning o’ziga xos xususiyatlari
haqida fikr yuritiladi.
2. Kompleks tahlil.
Tilning barcha sohalariga xos birliklar va ularning
muayyan bir asarda qo’llanishini badiiy nutqning umumiy mazmuni, janri, tarkibiy
tuzilishi bilan o’zaro bog’liqlikda olib o’rganish kompleks tahlilning asosini tashkil
etadi. Bu xildagi tahlil umumfilologik yo’nalish, mazmun va xarakter kasb etadi.
Shuning uchun nutqni tahlil qilishdan avval adabiyotshunoslik va tilshunoslik bilan
aloqador sohalarning tamal qonuniyatlaridan albatta xabardor bo’lishimiz kerak.
Bunday tahlil xususiylikdan umumiylikka o’tish tamoyiliga muvofiq olib boriladi.
Kompleks tahlil biror bir ijodkorga bag’ishlangan bo’ladi. Bunday tahlilni bir
asarni turli sathlar bo’yicha yoki bir necha asarni bir sath bo’yicha o’tkazish
mumkin. Masalan, Abdulla Qodiriyning «O’tkan kunlar» romani lingvopoetikasi
(til sathlari bo’yicha). Yoki Abdulla Qodiriy asarlari lingvopoetikasi. Bunda adib
qalamiga mansub barcha asarlarning lisoniy xususiyatlari tekshiriladi va natijalar
umumlashtirib tahlilga tortiladi. Bu oson ish emas. Shuningdek, bir yoki ikki
kishining ishi ham emas. Adabiyotshunoslikda B.Frantsning V.Shekspir asarlari
tiliga bag’ishlangan «Shakespeare grammatik» deb atalgan yirik hajmli asari
alohida e’tiborga molik ish sifatida e’tirof qilinadi. Unda shoir ijodi til va nutqning
barcha sathlari bo’yicha tahlilga tortiladi. Shu bilan birga ijtimoiy tuzum, shoirning
falsafiy dunyoqarashi, hayot tarzi, shoirning zamondoshlarining shoirga
munosabati yoki shoirning o’z zamondoshlariga munosabati, davr bilan bog’liq
estetik tafakkur tarzi va hokozolar haqida ham ma’lumotlar berib boriladi. Mazkur
tadqiqotdan faqatgina shoir asarlarining tili va nutqi emas, balki o’sha davr tili va
nutqi haqida ham noyob ma’lumotlarni olish mumkin. Lekin shuni unutmaslik
kerakki, badiiy asar tom ma’noda estetik voqelikdir. Uni tematik tahlil qilamizmi,
kompleks tahlil qilamizmi bundan qat’i nazar, asarning estetik hodisa sifatidagi
mohiyatini nazardan chetda qoldirmasligimiz kerak.
Endi esa yuqorida keltirib o’tilgan tahlil tamoyillari va usullari asosida
Nigeriyalik shoir, yozuvchi, dramaturg, 1986-yili adabiyot sohasida Nobel
mukofotini olgan Vole Shoyinkaning tanlangan she’rlaridagi badiiy nutq tahlilining
50
leksiko-sintaktik, so’z tanlash, fonologik, grafologik va morfologik
xususiyatlaridan bir nechasining tahlilini ochib beramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |