Ikki narsa og’irdir ko’nglimga asti,
Ikki narsa uchun yo’q menda toqat:
Biri dushmanimning shodon qahqahasi
Biri do’st ko’zida yaltillagan yosh.
She’rdan ta’sirlangan G’afur G’ulom o’rnidan turib ketib: “Miltillagan” de, joyiga tushadi”, deydi.”1
Darvoqye, she’rni G’afur G’ulom aytgandek “yaltillagan” so’zini “miltillagan” so’zi bilan almashtirib o’qisangiz, so’z o’z o’rniga tushganiga, nozik jilolanayotganiga shohid bo’lasiz.
Do’st ko’zidagi yosh yaltillganda-uning ahvoli nochorligi, og’irligini bildirmaydi, balki – uning “ahvoli yaxshiligini, nur taratayotganini bildiradi. “Yosh miltillganda” esa – uning ahvoli chatoqligini, og’ir azobda ekanligini, pirpirab arang yonib turganini bildiradi. Ana shundagina ma’no va mantiq o’zaro bog’lanadi, “do’stning yoshi” poetiklashadi, she’r – asarga aylanadi. Va kichkina bir aybini” ham yo’qotib, u yashashga, yaratishga kirishadi:
Ikki narsa og’irdir ko’nglimga asti,
Ikki narsa uchun yo’q menda bardosh:
Biri – dushmanimning shodon qahqahasi
Biri – do’st ko’zida miltillgan yosh.1
E’tibor qilgan bo’lsangiz, asarning birinchi variantidagi “toqat” so’zi, keyingi variantida “bardosh” so’ziga almashtirilgan. Bu ham bejiz emas. Agar o’zbek tilining izohli lug’atini varaqlasak, toqat – “arabcha so’z bo’lib, chidam, to’zim”; bardosh – “forscha-tojikcha so’z bo’lib, chidam, sabr, toqat, matonat, to’zim” ma’nolarini berishini, bilib olamiz. Biroq “toqat” bilan “yosh” qofiyadosh emas, “bardosh” bilan “yosh” qofiyadoshdir, shoirning ustaligi shundaki, bu o’rinda ham kerakli so’zni topa olgan, qofiyadagi aybni yo’qotgan va asarning emosionalligini, musiqiyligini, ana endi, busbutunligini ta’minlagan.
4. Badiiy tilning obrazliligidan tug’iladigan muhim xususiyatlardan yana biri - ma’nodorligi (aforizm) va qisqaligi (lakonizm)dir. Badiiy asar maqsadi(mohiyati)ni ochishga xizmat qilmaydigan bironta so’z ishlatilmagan, qisqa gapirib, ko’p ma’no anglatgan san’atkor doimo yutgan. Ularning tushunchasida so’zni tejash zarni tejashdan qimmatlidir; adabiy laqmalik, ko’p so’zlilik – paxtavon miltiqqa o’xshaydi, tovushi bor-u o’qi yo’q. Bekorchi shovqin hisobiga asardagi maqsadni, uning badiiyligini yo’qqa chiqaradi.
Jumladan, Farhod Musajonovning “Dushanba, nonushtadan so’ng” qissasida (T., 1976) o’qiymiz: “... bu ko’zoynak taqqan, pakanagina, qo’lida o’rtacha sandiqdek keladigan ulkan papka ko’tarib olgan bir shaxs edi”(67-bet). Avvalo, papka sandiqqa o’xshaydimi yoki portfel deyilmoqchimi? Shubha tug’ilishi tabiiy: yozuvchi sandiqni ko’rganmikin? “O’rtacha sandiqdek” keladigan papka(portfel) bo’lishi tasavvurga sig’adigan gap emas. “O’rtacha sandiqdek keladigan ulkan papka” birikmasida kuchli mantiqiy nomutanosib borligi ham sezilib turibdi: “o’rtacha” va “ulkan” tushunchalari mutlaqo sig’ishmaydigan, bir-biriga zid tushunchalardir. “Ulkan” so’zining ma’nosi qo’polroq qilib aytganda, “benihoyat katta” degani. U holda kitobxon “ulkan papka” deganda nimani tushunishi kerak?.. Natijada ana shunday “antiqa” o’xshatish paydo bo’lgan. O’xshatishdan maqsad esa tasvirlanayotgan ob’ektni yana ham realroq, obrazliroq, ifodaliroq, ta’sirliroq qilib ko’rsatishdir. Mazkur o’xshatish esa beta’sir” bo’lib qolgan.1
Yana “... yozuvchi so’zlarni siqilgan mushtday ixcham ishlatish uchun va boshqalar tomonidan qattiq siqishtirilgan so’zlarni yoziltirib yuborish, ularda yashiringan, davr vazifalariga qarama-qarshi bo’lgan, umri tugagan narsalarni fosh bo’ladigan darajada yoziltirib yuborish uchun maqollarni o’rganish zarur”(M.Gorkiy, Adabiyot to’g’risida, 98-bet).
Xullas, badiiy asar tili go’zal bo’lishi kerak, chunki san’atkorning vazifasi go’zallik yaratishdir. Buning uchun tasvir etilayotgan xulq, manzara, holat so’z tufayli kitobxonning ko’z oldida aniq (ushlab ko’radigan darajada) va yorqin (bironta xira qiladigan chiziq bo’lmasligi), borlig’icha namoyon bo’lishi lozim. Badiiy asar tili – muallif nutqi va personajlar nutqi deb nomlanadigan bir-biri bilan murakab bog’lanishda bo’lgan ikkita katta qismdan iborat.
Xulosa
Badiiy nutq uslubi inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi: umumga taalluqligi, barcha barobarligi bilan xarakterlanadi.Badiiy nutq uslubi juda xilma-xil ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Bu uslub muallifga asarning estetik ta’sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-yangi, ifoda vositalarini yaratish imkonini beradi.Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo’lib xizmat qiladi.Bu uslub o’zining obrazliligi bilan adabiy boshqa fuktsional uslublaridan ajralib turadi.Adabiy-badiiy uslub inson faoliyatining badiiy-estetik sohasiga xizmat qiladi. Badiiy uslub – badiiy adabiyotda qo‘llaniladigan funksional nutq uslubi. Ushbu uslubdagi matn o'quvchining tasavvur va his-tuyg'ulariga ta'sir qiladi, muallifning fikr va his-tuyg'ularini etkazadi, so'z boyligi, imkoniyatlaridan foydalanadi. turli uslublar, nutqning obrazliligi, emotsionalligi, konkretligi bilan ajralib turadi. Badiiy uslubning emotsionalligi so‘zlashuv va publitsistik uslublarning emotsionalligidan keskin farq qiladi. Badiiy nutqning emotsionalligi estetik vazifani bajaradi. Badiiy uslub til vositalarini oldindan tanlashni o'z ichiga oladi; tasvir yaratish uchun barcha til vositalaridan foydalaniladi. Badiiy nutq uslubining o'ziga xos xususiyati - bu hikoyaga rang beradigan, voqelikni tasvirlash qudratini beruvchi badiiy troplar deb ataladigan maxsus nutq figuralaridan foydalanishdir. Xabarning vazifasi estetik ta’sir funksiyasi, obrazlilikning mavjudligi, tilning eng xilma-xil vositalari, ham umumiy til, ham alohida mualliflik vositalari yig‘indisi bilan bog‘liq, lekin bu uslubning asosini umumiy adabiy til vositalari tashkil etadi. Xarakterli xususiyatlar: mavjudligi bir hil a'zolar jumlalar, murakkab jumlalar; epithets, qiyoslar, boy lug'at.
Do'stlaringiz bilan baham: |