Matinnig nutq kategoriyasi ekanligi masalasi bevosita “nutqiy jarayonning o‘zi” va “nutqiy faoliyat natijasi” tushunchalari bilan uzviy bog‘liqdir. Chex olimi K.Gauzenblas ham nutqiy faoliyat sifatida, ham nutqiy faoliyat mahsuli sifatida, og‘zaki nutqiy jarayon deb talqin qiladi. - Matinnig nutq kategoriyasi ekanligi masalasi bevosita “nutqiy jarayonning o‘zi” va “nutqiy faoliyat natijasi” tushunchalari bilan uzviy bog‘liqdir. Chex olimi K.Gauzenblas ham nutqiy faoliyat sifatida, ham nutqiy faoliyat mahsuli sifatida, og‘zaki nutqiy jarayon deb talqin qiladi.
- Rus tilshunosi I.R. Galperininig talqinga ko‘ra, matn har tomonlama mukammal holatlarga keltirilgan yozma nutq mahsulidir. Og‘zaki nutq esa turli qaytariqlarning, uzun-yuluq gaplarni ham o‘z ichiga oladi va uni tekshiruv ob’yekti bola oladigan matn deb e’tirof etish maqsadga muvofiq emas.
- Matn tahlilini sintaktis yoki sitilistikada o‘rganish lozimmi, yoxud buning uchun “matn tilshunosligi” deb ataluvchi yangi sohani ilmiy asoslash kerakmi, degan savollar han fanda o‘z yechimini kutmoqda. Darhaqiqat, matn lingvistikasi masalasi talqin etila boshlaganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Nemis olimi R.Harvegning ta’kidlashicha, matn tilshunosligining to‘liq asoslanishi uchun hali kamida yuz yil kerak.
- XX asrning 60-yillariga qadar gap sintaksisi lingvistik tahlilning eng yuqori pog‘onasi, deb hisoblanar edi. Bu o‘rinda polyak olimi M.R.Mayenovaning quyidagi fikrini keltirish mumkin: “Yaqin davrga qadar lingvistik kuzatuvlar gap shakli nihoyasiga yetgan yerda tugatilar edi. Ko‘plab gaplarni o‘z ichiga olgan matn esa mazkur ilmiy izlanishlar doirasidan chetda qolar edi.
Fransuz tilshunosi R.Bart matnni quyidagicha tushunadi: “Ichki bog‘lanishli bo‘lgan, muloqot maqsadida mazmunan o‘zaro birikkan gaplardan tashkil topgan nutqning har qanday parchasi matn, deb ataladi. - Fransuz tilshunosi R.Bart matnni quyidagicha tushunadi: “Ichki bog‘lanishli bo‘lgan, muloqot maqsadida mazmunan o‘zaro birikkan gaplardan tashkil topgan nutqning har qanday parchasi matn, deb ataladi.
- Umuman R.Bartning tadqiqotida matnning bir necha komponentli turi haqida ma’lumot beriladi. Boshqacha aytganda, bu o‘rinda ham asosiy e’tibor katta matnga qaratilganligi seziladi. Bunday holat boshqa tilshunoslarda ham kuzatiladi. Masalan, polyak tilshunosi A.Boguslavski matnni bir necha gapdan tashkil topgan nutqiy material tarzida izohlaydi. Bunda u asosiy e’tiborini muallif nima haqida gapirayotgani va uning mazmuniga emas, balki mazkur matn qanday komponentlardan tuzilayotganiga qaratadi.
- Matn va uning lingvistik tabiati haqida chex tilshunosi Kveta Kojevnekovaning mulohazalari ham diqqatga sazovordir. K.Kojevnikova tadqiqotlarida asosiy e’tibor matinning bog‘lanishli nutq mahsuli ekanligiga qaratadi.
- K.Kojenikova matn haqida mulohaza yuritganida, uning mazmuniy jihatidan tugallangan bo‘lishini alohida uqtiradi. Olimaning matn komponentlari o‘zaro ma’no jihatdan ham, grammatik jihatdan ham bog‘lanishli bo‘lishi haqidagi fikri e’tiborga molikdir, chunki ko‘pchilik tilshunoslar matn komponentlarini faqat mazmuniy bog‘lanishli bo‘lishini ta’kidlaydilar va ularning leksik-grammatik vositalar orqali bog‘lanishini nazardan chetda qoldiradilar.
- K.Kojenikova matnni mazmuniy jihatdan tugallangan eng yuqori ideal kommunikativ birlik sifatida tushinadi. Shuning uchun matnning gap, murakkab sintaktik qurilma, abzats, bob singari birliklar munosabatdan tashkil topgan nutq yoki til birligi tarzida izohlanishi maqsadga nomuvofiqligi alohida ta’kidlanadi. Buning sababi shundaki, masalan, rus psixolingvisti A.A. Lleontyevning fikricha, “matn funksional jihatdan tugallangan nutq birligidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |