Badiiy matn poetikasi



Download 18,52 Kb.
bet2/2
Sana08.07.2021
Hajmi18,52 Kb.
#112384
1   2
Bog'liq
Badiiy matn poetikasi 3

vazifani amalga oshirish esa Alisher

Navoiy zimmasiga tushdi.

Ma'lumki, Alisher Navoiyning badiiy

adabiyot haqidagi nazariy qarashlari

«Mezon ul-avzon», «Mahbub ulqulub»,

«Muhokamat ul-lugʻatayn», «Majolis

un-nafois», «Risolai muammo» kabi

asarlarida, «Xamsa»ning kirish qismi

She'riy san’atlarga bag’ishlangan.

Basorat ahli mulohaza qilsalar,

bilurlarki, bu matla' tarse'ga voqe'

boʻlur, aybdin muarro va murassa'g'a

kelur, e'tirozdin mubarrodur. Bu nav'

she'rning (ya'ni tarse' ishlatilgan - Yo.l.)

ta’kid va mubolagʻasi uchun yana bir

ruboiy ham debmenki, to Xalil binni

Ahmad ruboiy qoidasin va'z qilibdur,

tarse' san'atida ruboiy aytilgon

eshitilmaydur, balki yoʻqtur va ul

budurkim, ruboiy:

Ey ro'i tu kavkabi jahonoroye,

V-ey boʻi tu ailhabi ravonosoye,

R-ev mo'i tu vorabi chunon farsove

She'riy san’atlardir.

2. Uvaysiy ijodida qo’llangan badiiy san’atlarni jadval shaklida beradigan bo’lsak, avallo, bunda quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz lozim bo’ladi.

1. Istioraviy-ramziy tasvir usullari

(majoz, istiora, kinoya, baroati istihlol,

ranglar ramzi kabi).

2. Qiyosiy-assotsiativ usullar (tashbih,

talmeh, tansiq us-sifot, tamsil

koʻrinishlari, laffu nashr, murooti nazir

kabi).

3. Fikrni dalillash (motivirovka) yoʻllari

(husni ta'lil, tamsil, irsoli masal, tasdir



kabi).

4. Emotsional-mubolag'ali tasvir

usullari (mubolagʻa (tablig', shroq,

g'uluv), tashbihning ayrim turlari

(ma'kus, izmor), ruju', murojaat, savolu

javob, ritorik soʻroq).

5. Sintaktik-stilistik usullar (tarse', tardi

aks, radd ul-ajz ilas-sadr, tashobeh ul-

atrof, murabba', mudavvar, muzdavaj,

mumosila, tashtir, tajziya, tasre',

tazmin, tasme', tardid, takror, radd ul-

Uvaysiy ijodida she'riy san’atlar mana shunday shaklida keltirilganligini ko’rishimiz mumkin yana ,masalan.

6. a) soʻzning ichki, tashqi formasi

bilan aloqador san'atlar (tajnis,

ihom, ittifoq, ishtiqoq, qalb,

mutazalzil kabi); b) ayrim soʻz emas,

umuman tugal matn (misra, bayt)

bilan aloqador stilistik usullar

(tavjeh, taʼkid ul-madh bimo yashbah

uz-zam, idmoj, taʼliq, tajohili orif, hazl

unmurodu bihil-jidd kabi).

7. Kontrast (tazod, qarshilantirish)

san'ati.

8. Murakkab san'atlar (muammo, ta'rix,

hijoi huruf, harflar bilan bogʻliq

usullar).

9. Stilistik mutanosiblik (jam, tafriq,

taqsim, jamu tafriq, jamu taqsim va

boshqalar).

10. Qofiya bilan aloqador san'atlar

(e'not, iyto([radd ul-qofiya), hojib,

tajnisli qofiya, zulqofiyatayn, musaa',

tahmit kahi) Shuninadek tarse'

She'riy san’atlardir…

3. Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a” asarining o’zbek mumtoz adabiyotida asosan o’zbek mumtoz adabiyotshunoslik ilmiga va uning rivojiga qo’shgan hissasi benihoya ulug’dir, chunki bu asarning o’ziga xos xususiyati shundaki, XV asrda yaratilgan mumtoz adabiyot namunalarini ilmiy jihatdan talqin qilganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a"dagi ilmi bade' bobining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardir.

Risolaning shu tipdagi asarlar bilan muqoyasasi.

Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a" risolasi turkiy mumtoz poctika

olamida alohida mavqe va ahamiyatga ega asardir. Avvalo, risolaning turkiy tilda

bitilganligi eng ustuvor xususiyat hisoblanadi. Shu ma'noda "Funun ul-balog'a"

o'zidan keyin yaratilgan turkiydagi ko'plab adabiy-nazariy manbalar uchun asos

vazifasini o'tadi. Jumladan, bugungi mumtoz adabiyotshunoslik masalalarini

yorituvchi qo'llanma, darslik va ilmiy risolalaming tub ildizlari Taroziy

qarashlariga bilan motanosib. Bu borada A. Hojiahmedov, S. Matjon va Y.

Is'hoqovlaming mumtoz adabiyot nazariyasiga doir asarlarini sanab o'tish

mumkin.

"Funun ul-balog'a" o'z davri adabiy muhiti chtiyoji yanglig' yaratilgandir.

Shayx Ahmad asarini qaysi shakkda yaratmoqchi boʻlgani, bundan koʻzlagan

asosiy maqsadini ham yaxshi ifodalagan. Uningcha, burun o'tgan adabiyotshunos

olimlar adabiyot nazariyasi bo'yicha kitob yozganlarida ko'pincha bir masalaga-

yo she'r turlari masalasiga, yoki vazn masalasiga, yoki badiiy san'at masalalariga

to'xtalganlar. Yoki biri she'riy janr xususiyatlarini yoritib bergan. Shayx Ahmad

esa bu sohada mukammal bir qo'llanma yaratishni, o'z risolasida nazariy

masalalarming barchasini yoritib, tahlil etib berishni niyat qiladi, toki uni oʻqigan

kishilar nazariyadan mumkin qudar toʻla ma'lumot va foyda olsinlar: "Ammo ko'p

kishi bu tariqada necha ta'lif qilubturlar va lekin hech kimarsa nazmning lamom

fununin berarda jam' qilmaytur. Va yana bu sababdin rag'bat havosi g'olib bo'lib,

havas dilbarini ko'ngul pardasindin bu tariqa yuz ko'rguzdikim, nusxa qalamg'a

keltursakim, nasr va nazmning jam' qavoyid va aqsomig'a mushtamil boʻlsa, to har

kim balog'atqa moyil va fasohatqa qobil erur, foyda olsa.

Chindan ham Nasiriddin Tusiy aruz haqida maxsus "Me'yoru-l-ash'or"

kitobini, Rashididdin Vatvot esa ilmi bade' to'gʻrisida "Hadiqatu-s-schr" asarini

"shays Ahmad bn Xudoydod Taroly. Funun ul-balog'a. - Toshkent: Kaina, 1996. - . 21

yozgan edi. Biroq XV asming o'rtalarida Vohid Tabriziy "Jam'i muxtasar" degan

kitobni yozgan. U bu asarida Sharq she'riyati nazariy masalalaridan aruz, qofiya va

ilmi bade'ni yoritgan edi. Vahid Tabriziy Shayx Ahmadga zamondosh boʻlib,

Ozarbayjonda yashagan. Taroziy uning she'rlaridan o'z asarining badiiy xususiyatini shunda ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Bundan tashqari “Funun ul-balog’a” asari faqatgina badiiy san'atlarga taaluqli emas. Biroq misollar borasida Shayx Ahmad risolasi

ancha ustunlikka ega. Boisiki, unda misollar uch tilda ifodalangan o'rinlar

talaygina. Ya'ni turkiy, forsiy va arabiy tillarda. To'g'ri, arab tilidagi misollar juda

ko'p emas, biroq buning ham asosli sababi bor. Chunki muallif izohlagan ba'zi

san'atlar sof turkona va shu ma'noda arab abyotida ularga misol keltirish mumkin

emas. Turkiy va forsiy misollar faqat bayt shaklida bo'lsa, arab tilidagi misollar

aksariyat nasriydadir. "Va ba'zi yerda "Kalomi majid"tin va Rasul alayhissalom

hadisidin nagl qilduq. Tarse' san'atiga berilgan misollarni ko'rish mumkin:

"Kalomi majid" va "Furqoni hamid"ta kelibtur:

"Innal-abrora lafi na'im

Va innal-fujora lafi jahim".

IYaxshilar jannatiydurlar, buzuqlar do'zaxiy

Misoli digar. Rasul alayhissalom:

"Man a'to'a g'azabahu azoa adbahu"

IG'azabiga itoat qilgan kishi adabini zoe' qilibdi/

II. Risolalarning tarkibi, miqdor va hajmidagi farqlanishlar: "Funun ul-

balog'a"ning uchinchi bobi ilmi bade'ga bagʻishlangan boʻlib, u "Al-fann-us-solis

fis-sanoe'-ish-she'r" deb nomlanadi. "Badoe'u-s-sanoe"ning esa bir qismigina

aruz ilmiga atalgan bo'lib, qolgan to'rt bob to'laligicha she'riy san'atlar izohiga

bagʻishlangan. Buni asarlar nomida ham ko'rish mumkin; "Funun ul-balog'a"

"balog'at ilmlari" demakdir va unda mumtoz adabiyotshunoslikka oid barcha

ma'lumotlar jamlangan. Jumladan, she'r nav'lari ham, qofiya va radif ilmi ham,

aruz saboqlari ham o'rin olgan. "Badoe'u-s-sanoe" "san'at yangiliklari" demakdir

va bu asar 80 foiz miqdorda she'riy san'atlarga bagʻishlagan ilmiy asar bo’lib, o’zbek mumtoz adabiyotishunoslik ilmida muhim ahamiyat kasb etadi.

Abduraimov Dilshod 1-kurs magistri
Download 18,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish