XALQARO MAYDONDALARDA O`ZBEKISTON BADIIY GIMNASTIKACHI
QIZLARIMIZNING O`RNI
O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‗mitasi,
Gimnastika federatsiyasi hamkorligida Xalqaro gimnastika federatsiyasi shafeligida tashkil
etilgan turnirlarda ishtirok etish uchun O‗zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya,
Latviya, Belarus, Bolgariya, Malayziya, Ozarbayjon, Armaniston, Janubiy Afrika Respublikasi,
Ispaniya, Italiya, Argentina, Shveytsariya, Finlyandiya, Isroil va boshqa mamlakatlardan eng
kuchli gimnastikachilar kelgan.
O‗zbekiston
gimnastika
federatsiyasi
prezidenti
L.Karimova-Tillayeva
xalqaro
musobaqalarni ochiq deb e‘lon qildi.
Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e‘tibor yuksak samaralar
berayotgani alohida ta‘kidlandi. Bu jarayonda sportning qizlarga xos turlari, ayniqsa, badiiy
gimnastikani yanada ommalashtirish, malakali murabbiylar tayyorlash, ularning faoliyatini har
tomonlama qo‗llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sog‗lom va barkamol avlodni voyaga
yetkazishga, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan g‗amxo‗rlik tufayli
mamlakatimizda yangi iste‘dodlar, mahoratli sportchilar yetishib chiqmoqda, ular xalqaro
maydonlarda O‗zbekiston shon-shavkatini yanada yuksaltirmoqda.
Gimnastika bilan shug‗ullanish insonning jismoniy go‗zalligini shakllantirish bilan birga,
uning fe‘l-atvori, fazilatlarini rivojlantiradi, irodasini chiniqtiradi. O‗zbekiston gimnastika
federatsiyasi mamlakatimizda ushbu sportning barcha asosiy turlari – sport gimnastikasi, badiiy
Тренировка машғулотлари
юкламаси ҳажмини ўсиши
Терма жамоаларни тайѐрлаш
жараѐнида умумий ва индивидуал
тайѐргарликни программалаштириш
Йиллик макроциклда мусобақалар
сонини кўпайиши
Энг юксак индивидуал
имкониятларни амалга
ошириш
53
gimnastika, trampolin, akrobatikani ommalashtirishga doir izchil ishlarni amalga oshirmoqda.
Davlatimiz ko‗magida iqtidorli sportchilarni aniqlashga yordam berayotgan mintaqaviy va
respublika musobaqalari muntazam o‗tkazilayotir.
Mamlakatimizning barcha viloyatlarida gimnastika bilan shug‗ullanish uchun xalqaro
talablarga to‗liq javob beradigan markazlar tashkil etildi, ularda har kuni minglab o‗g‗il-qizlar
ushbu sport turi bilan muntazam shug‗ullanmoqda. Ularning eng iqtidorlilari gimnastika
bo‗yicha o‗smirlar va milliy terma jamoalar safiga jalb etilmoqda. Nafaqat sport komplekslari va
ixtisoslashtirilgan sport maktablari, balki umumta‘lim maktablarining sport zallari ham
zamonaviy gimnastika inventarlari bilan jihozlangan.
2011-yilda Badiiy gimnastika bo‗yicha bolalar-o‗smirlar ixtisoslashtirilgan respublika
olimpiya zaxirasi sport maktabi tashkil qilindi. Olimpiadaga tayyorlash markazi hisoblangan
ushbu maktab O‗zbekiston terma jamoalari sportchilari uchun turli musobaqalarga tayyorgarlik
ko‗rish va yirik turnirlarni tashkil etish imkonini bermoqda.
Jahon tajribasi hisobga olingan holda, murabbiylar malakasini oshirishga katta e‘tibor
berilmoqda. Bu borada istiqbolli ilmiy va tibbiy yangiliklarni o‗rganish, sportchilarni tayyorlash,
sport uskunalarini ishlab chiqarish – bularning barchasi sportni yanada ommalashtirish,
salomatlik omiliga aylantirishga xizmat qilayotir. O‗zbekiston gimnastika federatsiyasi shu
maqsadda
Xalqaro
gimnastika
federatsiyasi
va
Osiyo
gimnastika
ittifoqi
tomonidan
o‗tkazilayotgan xalqaro forumlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ilg‗or tajribani ommalashtirish
uchun poytaxtimiz va viloyatlarda xalqaro hamda mahalliy mutaxassislar ishtirokida murabbiylar
va hakamlar uchun seminarlar muntazam tashkil etilmoqda.
– O‗zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qizlarni sportga keng jalb
qilishga katta e‘tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor, – deydi yaponiyalik murabbiya Oka
Kurumi. – Barcha shahar va tumanlarda bunyod etilgan zamonaviy sport majmualarida qizlar
sportning bir necha turi bilan shug‗ullanib, sog‗lom bo‗lib ulg‗aymoqda, katta sportga qadam
qo‗ymoqda.
Mamlakatingizda
badiiy
gimnastika
tez
rivojlanmoqda.
O‗zbekiston
gimnastikachilari
xalqaro
musobaqalarda
muvaffaqiyat
qozonayotgani,
yurtingizda
nufuzli
turnirlar muntazam tashkil etilayotgani buning yorqin ifodasidir.
Maqomiga ko‗ra Olimpiya o‗yinlari va jahon chempionatiga yaqin turadigan bunday
yuksak
saviyadagi
badiiy
gimnastika
musobaqalari
O‗zbekistonda
birinchi
marta
o‗tkazilayotgani yo‗q. Toshkent shahri badiiy gimnastika bo‗yicha jahon kubogi bosqichlari,
2010 va 2013-yillarda Osiyo chempionati, 2014-yilning aprel oyida sport gimnastikasi bo‗yicha
qit‘a
chempionatiga
mezbonlik
qilgani
mamlakatimizda
sport,
xususan,
gimnastikani
rivojlantirishga qaratilayotgan e‘tiborning yana bir amaliy ifodasidir.
Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi "O‗zbekiston sportchilarini 2016-yilda
Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‗lib o‗tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya
o‗yinlariga tayyorlash to‗g‗risida‖gi qarori ijrosini ta‘minlash yuzasidan ishlab chiqilgan
tayyorgarlik dasturiga ko‗ra, gimnastika ham mamlakatimizda yetakchi sport turlari qatoridan
joy oldi. Gimnastikaning Olimpiya o‗yinlari dasturiga kiritilgan turlari – badiiy gimnastika, sport
gimnastikasi
va
trampolin
bo‗yicha
o‗tkaziladigan
musobaqalarda
qatnashayotgan
sportchilarimiz ko‗rsatkichlarini tobora yaxshilash, olimpiya yo‗llanmalarini qo‗lga kiritish
hamda Braziliyada bo‗ladigan Olimpiada sovrindorlari qatoridan o‗rin olish uchun astoydil bel
bog‗lashgan.
Joriy yilgi sport mavsumida O‗zbekiston badiiy gimnastikachilari nufuzli musobaqalarda
yuqori natijalarga erishmoqda. Gretsiyaning Afina shahrida o‗tkazilgan "Aphrodite Cup–2015‖
xalqaro turnirida O‗zbekiston gimnastikachilari uchtadan oltin va kumush hamda bitta bronza
medalni qo‗lga kiritdi.
Yaqinda Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi bo‗yicha jahon chaqiruv
kubogining navbatdagi bosqichida hamyurtimiz Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor
bo‗ldi. Badiiy gimnastika bo‗yicha Fransiyada o‗tkazilgan Gran-pri turnirining jamoaviy
bahslarida ishtirok etgan terma jamoamiz a‘zolari bronza medalni qo‗lga kiritdi.
54
Toshkent shahrida boshlangan badiiy gimnastika bo‗yicha jahon kubogi va "Happy
Caravan‖ xalqaro turnirida dunyoning eng kuchli yuzga yaqin gimnastikachisi o‗z iste‘dod va
mahoratini namoyish etmoqda.
– Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etilgan, – deydi italiyalik gimnastikachi
Lititsiya Chikkonelli. – O‗zbekistonda badiiy gimnastikani rivojlantirish borasida ulkan ishlar
amalga
oshirilayotganining
guvohi bo‗ldik. Mamlakatingiz sportchilari juda mahoratli,
musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‗rgani ham sezilib turibdi. Ushbu jahon kubogi bosqichi
g‗oyat ahamiyatli. Men ham unda bor mahoratimni namoyish etib, g‗alaba qozonish
niyatidaman. Bu musobaqa har bir ishtirokchi hayotida yorqin va o‗chmas sahifa bo‗lib qolishiga
ishonchim komil.
Mazkur xalqaro turnirning yakkaliklar o‗rtasidagi bahslarida Anora Davlatova, Nilufar
Shomurodova, Jasmin Yusupova, Yelizaveta Nazarenkova, Anastasiya Serdyukova va Ravilya
Farxutdinova
singari
gimnastikachilarimiz
Vatanimiz
sharafini
himoya
qilmoqda.
Guruh
bahslarida Luiza G‗aniyeva, Marta Rostoburova, Zarina Qurbonova, Valeriya Davidova va
Samira Amirovadan iborat jamoamiz qatnashmoqda.
Braziliyaning
Rio-de-Janeyro
shahrida badiiy gimnastika bo‗yicha o‗tkazilayotgan
litsenzion musobaqada o‗zbekistonlik sportchilar jamoaviy bahslarda muvaffaqiyatli ishtirok
etib, XXXI yozgi Olimpiada o‗yinlariga yo‗llanmani qo‗lga kiritdi. Bu haqda O‗zbekiston Milliy
olimpiya qo‗mitasi
Jamoaviy bahslarda O‗zbekiston sharafini himoya qilgan Samira Amirova, Valeriya
Davidova, Luiza Ganiyeva, Zarina Qurbonova hamda Marta Rastoburova final bellashuvlarida
umumiy hisobda 32,832 ochko jamg‗arib, Germaniya terma jamoasidan keyin ikkinchi o‗rinni
band etdi va Rio–2016 Olimpiada o‗yinlari yo‗llanmasiga ega bo‗ldi.
Jamoaviy bahslarda 1–3-o‗rinlarni band etgan jamoalar Olimpiada o‗yinlariga yo‗llanma
oldi. O‗zbekistonlik badiiy gimnastikachilar final bahslarida Gretsiya, Finlyandiya, Braziliya,
Ozarbayjon va Janubiy Koreya terma jamoalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‗ldi. Ta‘kidlash
joizki, badiiy gimnastika bo‗yicha jamoaviy bahslarda shu paytga qadar o‗zbekistonlik
sportchilar Olimpiada o‗yinlariga yo‗llanma olmagan edi. Avvalroq Rio–2016 Olimpiada
o‗yinlariga yo‗llanmalarni Anton Fokin (
sport gimnastikasi
), Oksana Chusovitina (
sport
gimnastikasi
), Yekaterina Xilko (
trampolin
) va Anastasiya Serdyukova (
badiiy gimnastika
)
qo‗lga kiritgan edi.
Shu tariqa, o‗zbekistonlik sportchilar tomonidan Rio–2016 o‗yinlariga qo‗lga kiritilgan
yo‗llanmalar soni 70 taga yetdi. Shulardan 25 tasi paralimpiyachilarga tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |