Asar annotatsiyasi
Asar annotatsiyasi (lat. annotacio — xabar, ma’lumot). Unda asarning qisqacha xarakteristikasi beriladi: uning mazmuni, ahamiyati juda siqiq tarzda bayon qilinadi. Ba’zida asarning qaysi kitobxonlarga mo‘ljallangani ham aytiladi.Asar annotatsiyasi, asosan, muayyan asar titul varag‘ining ikkinchi beti- da joylashadi. Asar annotatsiyasi (qisqa qaydlar yoki ma’lumotlar) hamma asarlarda ham bo‘lishi shart emas. Lekin agar bo‘lsa, u kitobxonni asarni o‘qishga yetaklashi lozim. Pirimqul Qodirovning «Ona lochin vidosi» (2001) tarixiy romaniga shunday annotatsiya berilgan: «Romanning «Jahon adabiyoti» jur-nalida bosilgan birinchi qismi o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Yangi-dan yozilgan ikkinchi qismida buyuksiymolarga mehrini bergan fidoiy onaning fojiaviy taqdiri tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |