Badiiy asar tili



Download 31,37 Kb.
bet2/4
Sana26.02.2022
Hajmi31,37 Kb.
#470609
1   2   3   4
Bog'liq
badiiy asar tili

Allegoriya (majoz) ko`chim turlaridan biridir. U ertak va masallarda, ayniqsa, keng qo`llanadi. Masalan, tulki qiyofasida ayyor kishilar nazarda tutiladi. Chumoli mehnatkash, zahmatkash odamlar timsoli sanaladi. Allegoriya fikrni pardalab, sal yashirib ifoda qilishning eng o`ng`ay shakli hisoblanadi. Chunonchi, Abdulla Oripovning "Tilla baliqcha" she'rida ham fikr birmuncha pardalab berilgan. Mustabid tuzum jamiyat a'zolarini qobiqqa solib qo`ygani haqidagi fikr ko`lmak hovuzda qolgan baliq timsolida aytilgan.
Allegoriya yunoncha allos - boshqa, o`zga va agoreuo - gapiraman, demakdir. Gulxaniyning "Zarbulmasal", Hamzaning "Toshbaqa va chayon", A.Krilovning "Bo`ri bilan qo`zichoq" kabi masallari allegorik, ya'ni majoziy asarlardir.
Jonlantirish ham badiiy asarlarda keng qo`llanadigan badiiy tasvir vositalari sirasiga kiradi. Jonlantirish kishilarga xos xususiyatlarni jonsiz va mavhum narsa-hodisalarga ko`chirishdir. Masalan, xo`mraygan bulutlar deyiladi. Bunda kishilarga xos xo`mrayish jonsiz bulutga ko`chirilgan bo`ladi. Asarlarda tog`-tosh, shamol, daraxt, mevalar xuddi odamlarga o`xshatib gapirtiriladi.
Sifatlash jonlantirishdan birmuncha farq qiladigan badiiy tasvir vositasi sanaladi. Sifatlash narsa-hodisaning biror bir belgi, xususiyatini aniq-ravshan alohida ajratib ko`rsatishdir. Sifatlash ikki xil bo`ladi. Birinchisi oddiy sifatlash bo`lib, unda narsa-hodisalarning o`tkinchi belgilari ta'kidlanadi. Ikkinchisi, doimiy sifatlash bo`lib, bunda narsa-hodisalarning doimiy xususiyatlari aytiladi. Po`lat nayza, olmos qilich, uchqur ot kabilar doimiy sifatlash sanaladi. Har ikkala sifatlash turi voqea-hodisani yorqin ko`rsatishga imkon beradi. Masalan, oppoq tong, ona zamin.
O`xshatish badiiy adabiyotning barcha tasvir vositalari orasida eng ko`p qo`llanadigan hodisadir. O`xshatish narsa-buyumning ma'lum bir belgisini boshqa narsa-buyumga solishtirishdir. O`xshatish fikrni yaqqol ifodalash imkoniyatini beradi. O`xshatish narsalarning bevosita o`xshash tomonlarini ko`rsatish yoki -dek (-day) qo`shimchasi, xuddi, o`xshash, go`yo, misli, misoli, singari, yanglig`, bamisoli, kabi ko`makchilari yordamida hosil qilinadi.
Badiiy asarlarda tasvir vositalari ayrim holda ham, bir nechasi birgalikda, o`zaro bog`liq holda ham ishlatiladi. Masalan, ayrim she'rlarning bir bandida o`xshatish ham, sifatlash ham, mubolag`a, jonlantirish ham qo`llangan bo`ladi. Ular ta'sirchan obraz va manzara yaratish bilan birgalikda, ijodkorning voqelikka munosabatini ham bildirib turadi.

Download 31,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish