2.
Bolalarni hikoya tuzishga о‘rgatish. Hikoya tuzish - hikoya
qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalar-
ning o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shak-
lini tanlashlari, ketma-ket (tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon
qilishlari zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalaming uchta turini
ko‘rsatish mumkin:
- qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya
paytida nimani ko‘rayotganligi haqida hikoya);
- xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nima-
lami qabul qilganligi haqida hikoya);
- iasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya).
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asos-
langan bo‘lib, bolalar faktlami bayon qiladilar.
Tasr vvurga asoslangan hikoyalar ijod mahsuli bo‘lib, unda hiko-
yachi bola mavzuga qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi ham
da yanf i vaziyat va obrazlar yaratadi. Bitta mashg‘ulotda bitta fikrda
hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish mumkin: bola
o‘yincl oqni tavsiflab (qabul qilish asosidagi hikoya) bo‘lganidan
so‘ng uni qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini
(xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalar turlari ta’lim maqsad-
laridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki
mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin.
Masalan, tarbiyachi to‘tiqushlar haqida mashg‘ulot o‘tkazib, bo
lalarga hikoya qilib berishni topshirishdan oldin to‘tiqushlar haqida
savollar beradi:
- To‘tiqushning patlari qanaqa rangda?
- To‘tiqush patlari uning hamma yerida bir xil ko‘rinishdami? Dumi,
boshidagi patlari qanday? Qayerida uzunroq, qayerida kaltaroq?
- Idishga suv solib qafasga qo‘yamiz, qushlar nima qiladi,
cho‘miladimi, uchadimi?
- Qushlar qanday uchadi, bir-birining patini nega cho‘qiydi, nima
uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi?
- Qafasning ichiga don, tuxum, tvorog, sabzi, olma solamiz.
253
To‘tiqushlarimiz ularning qaysi birini xush ko‘rib yeydi?
Bu savollar vositasida bolalar qushlar bilan ishlashga o‘rganadilar,
savollar natijasida vakuzatishlar asosida «Men qushlarga donberdixn»
mavzusida hikoya tuzish topshiriladi.
So‘ng 5-6 boladan hikoyani so‘zlab berish so‘raladi.
Zebinisoning hikoyasi hammaning diqqatini tortadi:
«Dadam menga bozordan ikkita to‘ti sotib olib berdilar. To‘tilar
kichkina qafaschada edi. Ikkinchi kuni ini bor, chiroyli, katta qafas
olib keldilar va to‘tilami unga qo‘yib yubordilar. To‘tilar keng qafasga
kirgandan so'ng sayray boshladilar, ham yayrab o‘ynay boshladilar.
To‘tilaming pati yashil, havorang, sariq, kulrang bo‘lib, tovlanib turar
edi. Ular bir-birlarining patlarini tozalay boshladi. To‘tilarning patlari
bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun, kichik-kichik xolcha-
lari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek.
Hikoya tugagandan so‘ng tarbiyachi hikoyalami tahlil etib, eng
yaxshi tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: ma-
salan, to‘tiqushning patlari rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq,
havorang deb tasvirlaydi.;
«To‘tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi?» degan savol-
ga Dilbar: «To‘tiqushlar;mitti, jonsarak qushlar, o‘ynashni yaxshi
ko‘radi», - dedi.
Sarvar esa: «To‘tiqushlar don cho‘qiydi, tuxumni yaxshi ko‘radi,
sabzi, olma bersak ham yeydi. To‘tilarga meva va sabzavotlar juda
foydali», - deydi.
Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi.
Masalan, «Bizning oila», «Mening do‘stlarim», «Alla»,
«Do‘kon», «Bizning doktor», «Mening ko‘cham», «Ko‘cha ha-
rakati qoidalari», «Men kim bo‘lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta
terimida», «Mehrjon bayrami», «Bizning qishloq» kabi mavzu-
lardagi hikoyalar shakl jihatidangina emas, mazmunan ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu hikoyalami tuzishda bolalaming nimalarga
e’tibor berishi tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: