B.,А. Ахаtov C++ dasturlash tili. Uslubiy qo’llanma i-qism


C++ tilida arifmetik amallar



Download 1,49 Mb.
bet19/42
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#235882
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Bog'liq
C code blocks

C++ tilida arifmetik amallar


amallar

belgilash

amallar

belgilash

ko’paytirish

a*b

ayirish

a-b

bo’lish

a/b

bo’linma qoldig’i

a % b

qo’shish

a+b

Darajaga ko’tarish xn

pow(x,n)

Binar amallar additiv ya’ni + qo’shuv va – ayirish amallariga , hamda multurlikativ ya’ni * ko’paytirish, / bo’lish va % modul olish amallariga ajratiladi.

Additiv amallarining ustivorligi multurlikativ amallarining ustivorligidan pastroq-dir. Amallar quyidagicha bajariladi:


  1)  qavs ichidagi amallar, keyin…
2) funksiyalarga murojoat, keyin, …
3) chapdan o’ngga qarab ko’paytirish, bo’lish va bo’lish qoldig’I, keyin, …
4) chapdan o’ngga qarab qo’shish va ayirish.
 Masalan: 
              2    1      5    4       3       8     6    7
x  =  ( a + 5 * b ) * fabs ( c + d ) - ( 3 * b - c );

Butun sonni butun songa bo’lganda natija butun songacha yaxlitlanadi. Misol uchun 18/5= 3; (-18)/5= - 3; 18/(-5)= - 3.

Binar arifmetik amallar bajarilganda turlarni keltirish quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi: short va char turlari int turiga keltiriladi;

Agar operandlar biri long turiga tegishli bo’lsa ikkinchi operand ham long turiga keltiriladi va natija ham long turiga tegishli bo’ladi;

Agar operandlar biri float turiga tegishli bulsa ikkinchi operand ham float turiga keltiriladi va natija ham float turiga tegishli bo’ladi;

Agar operandlar biri double turiga tegishli bo’lsa ikkinchi operand ham double turiga keltiriladi va natija ham double turiga tegishli bo’ladi;

Agar operandlar biri long double turiga tegishli bo’lsa ikkinchi operand ham long double turiga keltiriladi va natija ham long double turiga tegishli bo’ladi;

Butun sonni butun songa bo’lishda qoldiq qismi tashlab yuboriladi, ya’ni 5/2 ning natijasi 2 ga teng bo’ladi. Shuning uchun bo’luvchi yoki bo’linuvchilardan bittasi haqiqiy son sifatida ifodalash kerak bo’ladi. Natija ham haqiqiy sondan iborat bo’ladi. 5/2. yoki 5./2 ning natijasi 2,5 ga teng bo’ladi. Masalan:


 int i, n;  
float x;
i = 7;
x = i / 4;   // x=1, butun son butun songa bo’linadi
x = i / 4.;   // x=1.75, butun son kasr songa bo’linadi;
x =(float) i / 4;  // x=1.75, kasr son butun songa bo’linadi;
n = 7. / 4.;      // n=1, natija butun o’zgaruvchiga beriladi

a % b modul amali butun sonni butun songa bo’lishdan hosil bo’ladigan qoldiqqa tengdir. Agar modul amali musbat operandlarga qo’llanilsa, natija ham musbat bo’ladi, aks holda natija ishorasi kompilyatorga bog’liqdir.

Masalan:

37%32=5; - 43%8 = -3; 64%(-12)=4;

Darajaga ko’tarish amali Pow (x,n) funksiyasi yordamida bajariladi: Pow(x,n)= xn . Masalan: Pow(3,4) = 81; Pow(7, 3) = 343;

Pow10 (intp) funksiyasi 10p ni hisoblaydi. Bunda p–butun son bo’lishi shart. Masalan: Pow10 (2)=100, Pow10 (5)=10000

Unar amallarga ishorani o’zgartiruvchi unar minus – va unar + amallari kiradi. Bundan tashqari ++ va -- amallari ham unar amallarga kiradi.

++ unar amali qiymatni 1 ga oshirishni ko’rsatadi. Amalni prefiks ya’ni ++i ko’rinishda ishlatish oldin o’zgaruvchi qiymatini oshirib so’ngra foydalanish lozimligini, postfiks ya’ni i++ ko’rinishda ishlatish oldin o’zgaruvchi qiymatidan foydalanib so’ngra oshirish kerakligini ko’rsatadi. Misol uchun i qiymati 2 ga teng bo’lsin, u holda 3+(++i) ifoda qiymati 6 ga, 3+i++ ifoda qiymati 5 ga teng bo’ladi. Ikkala holda ham i qiymati 3 ga teng bo’ladi.

-- unar amali qiymatni 1 ga kamaytirishni ko’rsatadi. Bu amal ham prefiks va postfiks ko’rinishda ishlatilishi mumkin. Bu ikki amalni faqat o’zgaruvchilarga qo’llash mumkindir.

Unar amallarning ustivorligi binar amallardan yuqoridir.

Razryadli amallar. Razryadli amallar natijasi butun sonlarni ikkilik ko’rinishlarining har bir razryadiga mos mantikiy amallarni qo’llashdan hosil bo’ladi. Masalan 5 kodi 101 ga teng va 6 kodi 110 ga teng.

6&5 qiyjmati 4 ga ya’ni 100 ga teng.

6|5 qiyjmati 7 ga ya’ni 111 ga teng.

6^5 qiymati 3 ga ya’ni 011 ga teng.

~6 kiyjmati 4 ga yajhni 010 ga teng.

Bu misollarda amallar ustivorligi oshib borishi tartibida berilgandir.

Bu amallardan tashqari M<>N ungga razryadli siljitish amallari qo’llaniladi. Siljitish M butun sonning razryadli ko’rinishiga qo’llaniladi. N nechta pozitsiyaga siljitish kerakligini ko’rsatadi.

Chapga N pozitsiyaga surish bu operand qiymatini ikkining N chi daraasiga kupaytirishga mos keladi. Misol uchun 5<<2=20. Bu amalning bitli ko’rinishi: 101<<2=10100.

Agar operand musbat bulsa N poziciyaga ungga surish chap operandni ikkining N chi darajasiga bo’lib kasr qismini tashlab yuborishga mosdir. Misol uchun 5>>2=1. Bu amalning bitli ko’rinishi 101>>2=001=1. Agarda operand qiymati manfiy bulsa ikki variant mavjuddir: arifmetik siljitishda bushatilayotgan razryadlar ishora razryadi qiymati bilan to’ldiriladi, mantiqiy siljitishda bushatilayotgan razryadlar nullar bilan tuldiriladi.

Razryadli surish amallarining ustivorligi o’zaro teng, razryadli inkor amalidan past, qolgan razryadli amallardan yuqoridir. Razryadli inkor amali unar qolgan amallar binar amallarga kiradi.




Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish