9.4. Menejer mehnatini tashkil etish
mexanizmi
Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi har bir
ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda bo'lishiga erishish
talab qilinadi. Bu mehnat unumdorligi ortishi, ish sifati yaxshilanishi
va har bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi. Ixtisoslashuv
majburiyatlar doirasini shunday belgilash lozimki, bunda har bir
ishlovchi masalasi imkoni boricha to‘liq ishga solinsin.
Mehnatni kooperatsiya qilish boshqaruv tashkilotlari bilan boshqaruv
apparati turli bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida aloqa o‘rnatilishini ko‘zda
tutadi. Boshqaruv jarayonida, ham shu korporatsiyada, ham undan
tashqaridagi alohida xodimlar, xizmat va bo‘linmalar faoliyati birlash-
tiriladi.
«Korxonalar to‘g‘risida» qonun asosida korporatsiya va lining
bo‘linmalarida har bir rahbar, mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun
lavozim ko‘llanmalari ishlanadi. Lavozim ko‘llanmalari, huquq va
93
majburiyatlari yakka boshchilik tamoyili asosida mansabdor shaxslarning
bo'ysunushi, topshirilgan vazifa uchun javobgarligi belgilanadi.
Boshqaruv apparati mehnatini maqbuUashtirishga yagona yondashuvni
ta’minlash maqsadida ta’rif-malaka ma’lumotnomasi ham qo‘Ilani!ib,
ularda hodimlar bajarishi lozim bo‘lgan ishlar hajmi murakkabligi,
rahbarlik lavozimi turli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun
talab etiladigan daraja hamda ish staji ko‘rsatiladi.
Boshqaruv ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (70%)
hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli hujjatlar almashinuvini
doimo takomillashtirib borish lozim.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korporatsiya va tashkilotda axborot
oqimlari yo‘nalishi va hujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi ham
katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda hujjatlar o'tadigan bosqichlar sonini
ularni birlashtirish natijasida qiskartirish katta samara berib, natijada
asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiqlashtirish
muhim bo‘lsa, hujjatlar o‘tish bosqichlari о‘mini almashtirish ham
yaxshi natija beradi.
Hujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida
ulaming o‘tish texnologiyasi belgilanadi, axborot uzatilishining maqbul
yo‘llari belgilanadi.
Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin bo‘lmagan hujjatlarga
imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog'liq ish vaqtini tejashda
maxsus namunali matnlar standart blanklardan foydalanish katta
ahamiyatga ega. Korporatsiya va tashkilotlar o'rtasida yozishmalarda
kelgan hujjatni javobi bilan qaytarish keng qo‘llaniladi.
Hujjatlami bir xillashtirish va standartlash — menejer mehnatini
tashkil etishning muhim yo‘nalishidir. Standart blanklami qo'llash
xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari qisqarishiga olib
keladi.
Axborot hajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer
mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ayniqsa muhimdir.
Mutaxassislar fikriga ko'ra boshqaruv apparatida tashkiliy va hisoblash
mashinasi, aloqa vositalari yordamida 70% ishni mexanizatsiyalash
mumkin ekan.
Menejer mehnatini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi ish joyini
maqbul tashkil etish va eng awalo, mehnat xususiyatlarini bo‘linmalar
o‘zaro aloqasini ishlar muhimligini hisobga olgan holda joylashtirishdir.
Ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar qulay va qo‘l yetadigan qilib
joylashtirilishi kerak.
94
Ish joylari joylashtirilishi va ulami texnika vositalari hamda yordam-
chi uskunalar bilan jihozlashda uzluksiz ishlashni ta’minlash talablari
hisobga olinishi kerak.
Tajribadan m a’lumki, ish joyini texnologiya, ergonomika,
psixofiziologiya, estetika talablariga muvofiq joylashtirish mehnat
unumdorligini oshirish (50% va undan ko‘p) imkonini beradi.
Boshqaruv apparati mehnati uchun sanitar-gigiyena me’yorlari,
harorat, namlik, yorug‘lik me’yorlari, shovqin darajasi, shuningdek
mehnat va dam olish tartiblarini hisobga olgan holda sharoit yaratish
muhim ahamiyatga ega.
Mehnat unumdorligiga — psixologik omil, xodimlar va rahbar,
shuningdek xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ham katta ta’sir
ko‘rsatadi. Ulaming kayfiyati, mehnat faolligi, oxir-pirovard mehnat
natijalari bu omilga bog‘liq bo'ladi.
Boshqaruv samaradorligi asosan rahbar o ‘z vazifasini qanchalik
muvaffaqiyatli bajarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi davr menejeri
mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy
yechimlari, usullarini ko‘llashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarini iqtisodiy
ravishda kengaytirishi lozim. Menejer ham tashkilotchi, tarbiyachi,
ham izlanuvchi, ma’muriyatchi sifatlariga ega bo‘lishi kerak.
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda awalo undan yuqoriroq
boshqaruv tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqishi lozim, chunki
aks holda, butun tizim faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan (yoki qarama-
qarshi) ish ko‘rishi mumkin.
Menejer mehnatida maqbul ish sur’atini, u amalga oshiruvchi
harakatlaming doimiy tartibini o'matish juda muhimdir.
Menejer ish vaqtining katta qismi hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi.
Olinuvchi axborot (xat, farmoyish, hujjat va h.k.) hajmi juda katta.
Bunday holda axborotni «filtrdan» o ‘tkazish juda muhimdir. Rahbarga
faqat u hal qilishi mumkin bo‘lgan axborot berilishi lozim.
Bu bosqichda rahbarga axborotni ijrochilar o‘rtasida taqsimlovchi
kotib yoki yordamchi (referent) katta yordam ko‘rsatadi. U malakali
hodim bo‘lishi, boshqaruvning barcha bo‘linmalari va tashkilotlari
faoliyati xususiyatini bilishi lozim.
Rahbar va unga bo‘ysunuvchi boshqaruv apparati o'rtasida majbu-
riyatlami maqbul taqsimlash rahbar ish vaqtini samarali sarflashga
imkon beradi.
Ijrochilarga mavjud qonunchilik doirasida iloji boricha ko‘proq
hujjatga imzo chekishi uchun imkon berilishi kerak. Bu rahbar vaqtini
95
tejash, ijrochilar tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish imkonini
beradi.
Menejerlar faoliyatida turli-tuman yig£ilish va majlislar muhim o‘rin
egallab, ularga ish vaqtining 70%i sarf bo‘ladi. Shu sababli, majlislarni
to‘g‘ri tashkil etish uchun quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim.
1 Majlisda ko'riladigan masala faqat jamoa tomonidan hal etiladigan
muammodan iborat bolishi kerak. Bu muammo bitta majlis davoxnida
hal etilishi lozim.
2 Majlis qatnashchilari muhokama etilayotgan muammo bo‘yicha
yetarli tajriba va bilimga ega bo‘lishlari kerak.
3 Majlisda ko‘riladigan masalalar mavzusi qatnashchilarga ular
tayyorgarlik ko‘rishlari uchun awaldan e’lon qilinishi lozim.
4 Yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy awaldan ko‘rsatilishi
lozim, chunki uning qatnashchilari o ‘z ish vaqtlarini rejalashtirishlari
kerak.
5 Yig‘ilish rahbari awaldan yig‘ilish maqsadi va o ‘tkazilish shaklini
belgilash lozim.
Yig'ilish o ‘tkazilish tartibi, erkin, ishchan muhokama uchun sharoit
yaratish ham muhimdir.
Rahbaming ko'plab majburiyatlari ichida tashrif qiluvchilami qabul
qilish va suhbat o'tkazishni alohida ajratib ko'rsatish lozim. Qo‘l ortida
ishlovchilar tashabbusi bilan qabul qilish uchun alohida vaqt ajratish
muhimdir, chunki «ochiq eshiklar siyosati» tashqaridan demokratik
xususiyatga ega bo‘lsa-da, ish vaqtini noto‘g‘ri sarflashga olib keladi.
Suhbat davomida rahbar savollar berish yo‘li bilan hodimlardan ular
niyatini aniq bilib olishi, o‘zi iltimos yoki takliflarini asoslab berishiga
intilishi kerak. Agar suhbat rahbar tashabbusi bilan amalga oshadigan
bo'lsa, xodim suhbat vaqti va maqsadi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi
kerak.
Bu xodimga masala mazmuni bo'yicha tayyorgarlik ko'rish psixo-
logik tanglikka duch kelmaslik uchun imkon yaratadi.
Bunda rahbar suhbat maqsadi va xodimning o ‘ziga xos xususiyat-
larini hisobga olishi kerak. Suhbat oxirida rahbar albatta muhokama
etilgan masala bo'yicha erishilgan natija va uni keyinchalik hal etish
yollarini qayd qiUb qo‘yishi kerak.
Rahbar mehnati samaradorligining muhim omillaridan bin — qabul
qilingan qarorlaming bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir.
Nazorat rahbaming doimiy vazifasi bo‘lib, uning ish rejasida hisobga
olinishi lozim hamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan ma’lumot
96
berish uchun qabul qilish, inspeksiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Nazorat qilishning qulay shakli — topshiriqlarni maxsus muddatli
kartochkalar va perfokartalar vositasida hisobga olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun
sharoit yaratishi lozim, chunki butun boshqaruv tizimi va natijada
butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga bog'liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |