B. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ boshqaruv о 'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus tu ’lint vazirligi tomonidan 5Л342211 — «Korporativ hoshqaruv»



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/103
Sana28.11.2022
Hajmi4,47 Mb.
#874105
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Bog'liq
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

7.3. Korporatsiyalar bozori
Korporatsiya — bu xom ashyoning, yordamchi buyumlarning, 
uskuna, yordamchi uskuna, ta’minot predmetlari va xizmatlaming katta 
bozoridir.
Xizmat ko‘rsatishda, ta ’minotda, qishloq xo£jaligida, chakana 
savdoda, qurilishda, ishlab chiqarish va davlat korporatsiyalarida o ‘n 
minglab korporatsiyalar tovar va xizmatlar oldi-sotdisi bilan band.
Korporatsiya ehtiyojlari uchun xaridlar — bozorda mavjud ta’mi- 
notchi, tovar belgilarini baholab, tanlab olish orqali korporatsiya 
ehtiyojlarini qondirishdir.
Korporatsiyalar bozorining 3 turi mavjud: sanoat maqsadidagi, 
oraliq mahsulotlar va davlat korporatsiyalari bozorlari.
Sanoat maqsadidagi mahsulotlar bozori deganda o‘z ichiga boshqa 
iste’molchilaming talabini qondirish maqsadida tovar va xizmat sotib 
oluvchi va ularni qaytadan ishlab chiquvchi shaxs va tashkilotlar 
majmuasi tushuniladi.
Keng ist’mol tovarlari bozoriga qaraganda sanoat mahsulotlari 
bozori pul aylanishi va tovarlar nomenklaturasi ancha kattadir.
70


Avtomobil tayyoriashda met all, shisha, rezina ishlab chiqaruvchiliir 
tayyor avtomobil qilib iste’molchilarga yetkazib beruvchi inashi- 
nasozlarga o‘z mahsulotlarini sotishi kerak.
Sanoat mashulotlari bozorini keng iste’mol bozoridan ajralib 
turuvchi bir nechta hususiyatlari mavjud. Bular:
— sanoat mahsulotlarini sotuvchilari keng iste’mol mollari sotuvchi- 
lariga qaraganda kam xaridorlar bilan muomala qiladilar.
— ishlab chiqaruvchi ko‘p bo‘lgan bozorda ham xaridning asosiy 
qismi baribir bir nechta yirik xaridorlar zimmasiga to‘g‘ri keladi.
— xaridorlar geografik va sohalar bo‘yicha: neft, rezina, po‘lat 
tayyorlash sohalarida mujassamlashgan boladilar.
— sanoat mahsulotlariga bo'lgan talab oxir-oqibat keng iste’mol 
mollariga bo‘lgan talab asosida shakllanadi. Shuning uchun tufli, etiklar 
ishlab chiqarish uchun teri mahsulotlari xarid qilinadi.
— sanoat mahsulotlariga boigan talab keng iste’mol mollariga 
qaraganda tez oezgaradi. Bu narsa odatda yangi ishlab chiqarish asbob- 
uskunalariga nisbatan sezilarU. Ko‘pincha iste’mollar talabining 10% 
ga oshishi sanoatda talabni vaqt o'tishi bilan 20% ga oshiradi.
— sanoat mahsulotlari xaridini ko'pincha malakah mutaxassislar, 
ekspertlar, komissiya asosida oladilar. Keng iste’molchiga esa bunchalik 
murakkablikning keragi yo‘q.
Sanoat mahsulotlarini sotib olishda xaridorlar bir qancha qarorlar 
qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Qaror to‘g‘ri qilinayotgan xaridning holatiga 
nisbatan qabul qilinadi. Xarid qilishning asosiy 3 holati mavjud:
— o'zgarishlarsiz qayta xarid qilish — bu holatda xaridor bir 
mahsulotga qaytadan o'zgarishsiz buyurtma beradi.
— o‘zgarishli qayta xarid kilish — bu holatda xaridor mahsulot 
texnik ко ‘rsatkichlariga, bahosiga, ta’minotchilariga o‘zgartirishlar 
kiritadi. Eski ta’minotchilar uni ushlab qolishga harakat qiladilar, 
yangilari esa uni zabt etishga.
— birinchi marta xarid qilyotgan xaridorlarning yangi masalalarini 
hal etish uchun xarid. Masalan, firma o‘zida birinchi kompyuter tizimini 
o‘rnatmoqchi bo‘ldi.
Qaror qilishning eng kam miqdori o‘zgarishsiz xarid qilayotganlarga, 
eng ko‘p miqdori esa, yangi masalalarga qaratilagan xarid holatida 
kuzatiladi. Xarid qilish vaqtida, mahsulotning texnik ko‘rsatkichlarini 
aniqlash, narxini, olib kelib berish muddati va shart sharoitini, texnik 
xizmat sharoitini, ishonchli va tanlangan ta ’minotchini, buyurtma 
hajmini aniqlab olish zarur.
71


Oraliq mahsulotlar bozori bu o'zida ishlatish, ijaraga berish yoki 
olib qaytadan sotish bilan shug'ullanuvchi shaxs va tashkilotlar majmua- 
sidir.
Bu yerdagi sotuvchilar qayta olib sotiladigan mahsulotlaming ko‘p 
turlari bilan shug'ullanadilar. Oraliq mahsulotlami sotuvchilar qanday 
ta’minotchidan qanday narxlarda olishni va kimlaiga sotishni xal qihshi 
kerak.
Oraliq mahsulotlar bozori o‘z ichiga tovar birjalari, ulguiji va 
chakana savdo firmalari kiradi.
Davlat кофога151уа1аг1 bozori o‘zlarming vazifalarini bajarish uchun 
sotib olayotgan yoki ijara qilayotgan respublika, avtonom respubUka 
va hokimiyatlardan tashkil topgan. Respublika miqyosidagi eng yirik 
iste’molchi hukumatdir. Davlat tashkilotlari nomidan qilinadigan xarid- 
lar turli-tumandir (samolyot, teplovoz, mebel, o‘t o'chirish avtomo- 
billari va boshqalar). Hukumat o‘z maqsadlariga erishish uchun ulardan 
foydalanadi.

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish