Ta’limda bilim ko’nikma va malakalarni puxta va mustahkam o’zlashtirish tamoyili muhim didaktik talab va qoidalarni, ya’ni o’quvchilar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Ta’limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an’anaviy hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo’yiladi. Chuqur, mustahkam bilimning asosiy belgisi eng fundamental g’oyalar, qoidalar, tushuncha, kategoriyalarni tushunish, chuqur o’zlashtirish, o’rganilayotgan materiallar mazmunini puxta anglashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |