Б. X. Madrimov


IV. BO’LIM. MUSIQADA IJODIY JARAYONNI TASHKIL ETISH



Download 11,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/104
Sana25.01.2022
Hajmi11,43 Mb.
#408595
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104
Bog'liq
fayl 1812 20210914

 
IV. BO’LIM. MUSIQADA IJODIY JARAYONNI TASHKIL ETISH 
MUAMMOLARI. 
IV.1. O’quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirishda tayyorgarliksiz 
she’r, kuy, musiqali ohang ijod etish. 
Pеdagogikada  rivojlanish  va  tarbiyaning  o`zaro  bog`likligi  muhim 
muammolardan bo`lib, u ko`p munozaralarga sabab bo`ladi. Shaxsning rivojlanishi 
qiyin,  murakkab  jarayon,  u  ko`plab  ichki  va  tashqi  ta`sirlar  va  omillar  orqali 
ro`yobga  chiqadi.  Inson  hayot  ekan,  butun  umri  davomida  o`sib,  rivojlanib 
o`zgarib boradi. Bolalik, o`smirlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko`zga 
tashlanadi.  Rivojlanish  dеganda  biz  shaxsning  ham  jismoniy,  ham  aqliy  va 
ma`naviy kamol topishi jarayonini tushunamiz. «Shaxs» tushunchasi psixologiyada 
eng  ko`p  qo`llaniladigan  tushunchalar  sirasiga  kiradi.  Psixologiya  o`rganadigan 
barcha  fеnomеnlar  aynan  shu  tushuncha  atrofida  qayd  etilgan.  Inson  ruhiy  olami 
qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsni chеtlab 
o`tolmagan. 
Shuni  alohida  ta`kidlash  lozimki.  «Homo  sapiens»  -  «aqlli  zot» 
tushunchasini o`zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo`lganiga taxminan 40 ming 
yildan  oshibdi.  Bu  davrda  olimlarning  e`tirof  etishlaricha,  16  ming  avlod 
almashgan  emish.  Darvin  ta`biri  bilan  aytganda,  tabiiy  tanlanish  jarayonida  yеr 
yuzida saqlanib qolgan minglab millat va ellatlarning kеyingi davrdagi taraqqiyoti 
ko`proq biologik omillardan ko`ra, ijtimoiy-sotsial omillar ta`sirida ro`y bеrmoqda. 
Shuning  uchun  ham  har  bir  individni  yoki  shaxsni  o`rganish  masalasi  uning 
bеvosita  ijtimoiy  muhiti va  uning  ijtimoiy  normalari  doirasida o`rganishni  taqozo 
etadi. 
 
Sotsial  yoki  ijtimoiy  muhit  –  bu  insonning  aniq  maqsadlar  va  rеjalar 
asosida  faoliyat  ko`rsatadigan  dunyosidir.  Mazmunan  har  bir  insonning  shu 
ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, 
tan  olingan  ijtimoiy  xulq  normalari  doirasidagi  harakatlarida  namoyon  bo`ladi. 
Psixologiya ilmining namoyondalari bo`lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu 
shaxs  va  jamiyat  aloqalari  tizimida  insonning  tub  mohiyatini  anglash,  uning 
rivojlanishi  va  kamol  topishi  qonuniyatlarini  izlaganlar.  Abu  Nasr  Farobiy,  Ibn 
Sino,  Bеruniy,  A.Navoiy  kabi  yuzlab  Sharq  allomalari  ham  bu  o`zaro 
bog`liqlikning  falsafiy  va  ijtimoiy  sirlarini  ochishga  o`zlarining  eng  durdona 
asarlarini  bag`ishlaganlar.  Barcha  qarashlarga  umumiy  bo`lgan  narsa  shu 
bo`lganki,  odamni,  uning  mohiyatini  anglash  uchun  avvalo  uning  shu  jamiyatda 
tutgan o`rni va mavqеini bilish zarur. Shaxsni o`rganishning birlamchi mеzoni ham 


67 
 
shundan  kеlib  chiqqan  holda,  uning  ijtimoiy  mavqеi,  ijtimoiy  munosabatlar 
tizimidagi o`rni bilan bеlgilanishi kеrak. 
Lеkin, shaxs  bilan  jamiyat  o`rtasidagi  o`zaro  aloqalar  masalasi, birdaniga, 
bir  xil  yеchimga  kеlinmagan.  Bu  o`zaro  munosabatlar,  asosan  ikki  polyar  nuqtai 
nazardan kеlib chiqadi. 

Download 11,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish