B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/120
Sana07.06.2023
Hajmi1,99 Mb.
#949546
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
Bog'liq
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

Davlat tasarrufidan chiqarish
– davlat korxonalarini va tashkilotlarini 
jamoa, ijara korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, mas‘uliyati cheklangan 
jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va 
tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish
– fuqarolarning va davlatga 
taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob‘ektlarini yoki davlat 
akstiyali jamiyatlarining akstiyalarini davlatdan sotib olishidir.Bundan ko‘rinadiki, 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng 
tushuncha. 
Xususiylashtirish
- davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy 
shaxslarga o‘tishidir. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
xususiylashtirishdan 
tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga 
keltirishni ham ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat 
korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni 
jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) 


52 
bo‘yicha fuqarolarga be‘ul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish 
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga 
sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini aukstionlarda kim oshdi 
savdosi orqali sotish va h.k . 
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga 
ajratish mumkin: 1) davlat mulkini be‘ul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2) 
davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini be‘ul bo‘lib berish 
hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish . 
Bu sanab o‘tilgan usullarni amalga oshirishning aniq shakllarini 3-chizma orqali 
ifodalash mumkin . 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘rsatib 
o‘tilgan yo‘llari va usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga 
bog‘liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali be‘ul taqsimlash usuli 
qo‘llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa 
muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng 
qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish 
ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi. Agar 
xususiylashtirish chetdan ka‘italning kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, 
davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni 
qo‘llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi.
Masalan, 
korxona 
jamoasiga 
ustunlik 
berilib, 
davlat 
mulkini 
akstiyalashtirish, bu akstiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va 
chet el ka‘italining ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish sharoitga qarab ‗ulli, ‗ulsiz yoki imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli 
va usulidan qat‘iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni 
ta‘minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va 
turlari rivojlanadi . 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning 
rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning mono‘ol hukmronligiga chek 
qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo‘l 
va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning 
davlatlashtirishdan qaytish yo‘llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma‘lum 
darajada haqiqiy egalari -fuqarolarga berish demakdir. Ko‘pincha xususiylashtirish 
- bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning 
barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi, bunda aholining hammasi 
mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish 
hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga 
olavermaydi . 


53 
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalom bor, 
xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar 
tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi 
kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlashi mumkin. 
Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning 
keng ko‘lami dasturini ishlab chiqarish zarur . 
Xuquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy 
xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega 
bo‘lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha 
kamaytirish va ayrimlarini ma‘lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur . 
Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi 
va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining 
daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan 
biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo‘lib, akstiya sotib olish va korxona 
mulkida o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar . 
Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma‘lum 
jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat 
qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni 
doimo raqobat kurashida o‘z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo 
korxona raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat 
byudjetidan mablag‘ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali 
barham beriladi . 
Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o‘tishni aks 
ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo‘yilgan vazifa katta bo‘lib, ya‘ni 
xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o‘z qaramog‘ida turli uslublar orqali 
birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajratish uchun bir qancha 
tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi . 
Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, 
uning yangi bosqichiga o‘tishiga bo‘lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. 
Xususiylashtirishning rivojlanishini ta‘minlaydigan muhim omillardan biri - bu 
ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab 
chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish 
natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining 
faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk 
shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib 
qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni 
takomillashtirishdan manfaatdor qiladi . 
Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos 
xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni hisobga olgan holda 


54 
olib borilishini ko‘zda tutadi . Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari 
bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va akstionerlik mulkini shakllantirish 
hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi 
lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum 
ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat 
manfaatlariga ‗utur etkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham 
zid bo‘lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini 
oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy 
texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi 
texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarishni ko‘‘aytirish hisobiga 
bozorda narxlarning ‗asayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy 
farovonligining oshishiga erishish talab etiladi . 
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga 
yondoshuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich 
amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish