ma’shuqa hijronidan o'zga «nolai zori» ham yo'q. Ishqiy mavzuda bitilgan
mazkur ruboiyning dastlabki qo'sh satri undagi asosiy g'oya -muallifhing
ichki kechinmalari tasviridan iborat ekanligini dalillaydi. Keyingi misra
bildirilgan mulohazalar rivoji uchun xizmat qiluvchi hayotiy tamsildan
iborat. Unda shoir o'z holati bilan dasht uzra ko'kka dahshat solib,
beqaror izg'iyotgan quyun orasida o'xshashlik borligini tasvirlaydi. Quyun
maqsad-muddaosiz osmonga o'rlaydi, aniqrog'i, u shamolning hukmiga
tobe’dir. So'nggi misrada esa shoiming quyun misol sargashtaligining
sababi ixtiyori o'zida emasligining ifodasi bilan yakunlanadi. Demak,
shoir bu «ixtiyorsizlik»ni taqdirdan deb biladi. Xuddi shunday qismatdan
Do'stlaringiz bilan baham: |