lozim bo'lgan g'oyani yuzaga chiqarishda mohirlik bilan xizmat qildiradi.
Ulug' shoir qit’alarining g'oyaviy mazmun va badiiy mahorat jihatidan
mukammalligi mazkur adabiy shaklning o'zbek mumtoz she’riyatining
faol janrlaridan biriga aylanishiga zamin hozirlaydi.
Alisher Navoiy ruboiy janrida ham barakali ijod etgan ulug' so'z
san’atkoridir. «Xazoyin ul-maoniy»ning birinchi devoni «G'aroyib us-
sig'ar»da 133 ruboiyga o'rin berilganligi o'shanday xulosaga kelish huquqini
beradi. Shuningdek, mazkur devon «Debocha»sida o'ttiz, «Nazm ul-
lavohir» tarkibida ikki yuz oltmish oltita hamda boshqa ilmiy, badiiy, tarixiy
asarlari bag'rida ko'plab turkiy tilda bitilgan ruboiylar uchraydiki, ayni
Do'stlaringiz bilan baham: |