Olam asbobi uchun g‘am emagil,
Arzimas bungacha olam go'yo.
Dunyo va uning mol-mulki mehr qo‘yishga arzimaydi. Yuzaki
qaraganda, bu gaplaming ishqqa daxli yo'qday tuyuladi. Mazkur bayt
g‘azal badanida begonasirab turganday ko'rinadi. Satrlaming ohangiga
jiddiyroq quloq solinsa, unday emas. Ulug' shoir mavzuga teran nazar
solgani uchun ataylab «asbob» so‘zini qo‘llaydi. Holbuki, «olam
asbobi»ning tarkibiy qismlaridan biri ishqdir. Oshiq hamma narsadan
kechishi mumkin, ammo jism-u joniga payvand pok tuyg‘u—ishqdan
bir lahza ham o'zini xoli tasawur qilolmaydi. Bu o‘rinda ishq ko'p
qirrali tushuncha timsolida nazaiga yetadi. Maqta’—oxirgi qo‘sh misra
Do'stlaringiz bilan baham: |