majoziy—insoniy muhabbat va haqqa yetgan oriflar ishqi — ilohiy ishqqa
ham birdek daxl qila oladi. Alisher Navoiyning uqtirishicha, ulkan bir
shartning o'sha ikki ishq o'rtasida ko'ndalang turishi muhabbat talqinidagi
tasniflarga sababdir. Inson taqdirining hamma jabhalarida ko'zga
tashlanadigan ishq jazavasida pok niyat, pok qalb, pok so'z, pok ko'z,
pok e’tiqod amal qilsagina ishqi majoziy haqiqiy ishq maqomiga ko'tarila
oladi. O'shandagina tasniflaiga ehtiyoj sezilmaydi. Mumtoz adabiyot
namoyandalari, jumladan, Alisher Navoiy g'azaliyotiga doir ajratishlar
(oshiqona, orifona, rindona, qalandarona...) esa o'ta nisbiy
tushunchalardir. O'tmish she’riyati bo'stoniga qadam bosgan muxlis
Do'stlaringiz bilan baham: |