ahlida hayotga tavakkul bilan qarash kayfiyati baland. Ulaming qat’iy
ishonchiga ko'ra, solik ishq va tariqat maqomlari sari intilishini davom
etishi, bu haqda baland ovoz bilan gapirmasligi, tama’dan yiroq turishi
lozim. Ulug‘ shoir g'azallarida ushbu fikrlami quwatlovchi ко‘plab
baytlami uchratish mumkin:
Navoiy, ishqdin ne kelsa, dam urmaki oshiqqa,
Keraktur ishqi pinhoni-yu dog‘i ishq pinhoniy. (6. 426.)
Alisher Navoiy ushbu bayt bag'riga o‘zi muridi komili bo'lgan
naqshbandiya tariqatining «Dil ba yor-u dast ba kor» tayanch g'oyasi
mohiyatini singdiigan. Aslida ulug' shoir she’riyati qahramonlari ishqdan
yetgan barcha ozor-u mashaqqatlaiga sabot va matonat bilan bardosh
Do'stlaringiz bilan baham: |