tartib berilishi 1497-1498-yillaiga qadar davom etadi. Yig'ma devonlar
to‘rt qismdan iborat bo'lib, unda inson umrining yoshlik, yigitlik, o‘rta
yoshlik va keksalik singari bosqichlari yilning to'rt fasliga qiyosan nisbat
beriladi. Majmualar har bir to'plami o‘ziga xos alohida tugal devon shakliga
ega. Uning birinchi kitobi «G'aroyib us-sig‘ar» («Yoshlik ajoyibotlari»),
ikkinchisi «Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirliklari»), uchinchisi
«Badoe’ ul-vasat» («0‘rta yoshlik go‘zalliklari»), so‘nggi devon «Favoid
ul-kibar» («Keksalik foydalari»)dir. Bulaming umumiy sarlavhasi «Xazoyin
ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») deb nomlandi. Ulug' shoiming ayni
ijodiy tajribasi o'zbek mumtoz adabiyoti tarixida katta voqea bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |